Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda raqobat barqarorligi ta’minlandi - YeIK

© Posolstvo Rossii v Armenii Flagi gosudarstv-chlenov Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES)
Flagi gosudarstv-chlenov Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES)  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2025
Obuna bo‘lish
Mutaxassislarning o‘tkazgan tahlili natijasida yaratilgan raqobat siyosati raqobatni buzish bilan bog‘liq ishlarni dastlabki bosqichda hal qilish samaradorligini oshirib berdi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) raqobatni buzish holatlarini dastlabki bosqichda hal etish bo‘yicha tahliliy sharhni ko‘rib chiqdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdiyu
Ta’kidlanishicha, hujjat YeIKning ixtisoslashgan bo‘limi tomonidan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ekspertlari o‘tkazgan tahlil natijalari asosida ishlab chiqilgan. Unda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) raqobat siyosatini yanada samarali tartibga solishga qaratilgan tavsiyalar aks etgan.
Komissiyaning raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish bo‘limi dunyoning turli huquqiy tizimlarida qo‘llanadigan amaliyotni ham o‘rgandi. Jumladan, ikkita vosita — "majburiyatlarga asoslangan qaror" (commitment) va "kelishuv bitimi" (settlement) ko‘rib chiqildi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, ushbu mexanizmlar vaqt va resurslarni tejash imkonini beradi hamda raqobatga zid harakatlarning salbiy oqibatlarini tezroq bartaraf etishga yordam beradi. Bu esa nafaqat raqobat organlari, balki tadbirkorlik subyektlari uchun ham foydalidir.

"YeIK va YeOII davlatlari sharhda tilga olingan ogohlantirish vositasini muvaffaqiyatli qo‘llamoqda", — dedi YeIKning raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish bo‘yicha vaziri Maksim Yermolovich.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Komissiya hozirgacha 26 ta ogohlantirish bergan, ularning 85 foizi bajarilgan. Bu esa YeOIIda raqobatni buzish bilan bog‘liq ishlarni dastlabki bosqichda hal qilish samaradorligini ko‘rsatmoqda.
Zasedanie Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2025
O‘zbekiston va YeOII
Vyetnamning ayrim kiyim-kechaklariga yarim yilga boj joriy qilinadi — YeIK
Yangiliklar lentasi
0