Mirziyoyev hamrohligida Iordaniya podshohi Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaKorol Iordanii oznakomilsya s istoricheskimi pamatnikami Samarkanda
Korol Iordanii oznakomilsya s istoricheskimi pamatnikami Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2025
Obuna bo‘lish
Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi hamda "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik majmuasiga tashrif buyurdi.
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadimiy Samarqand shahrining tarixiy obidalari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarlari avval Shohi Zinda majmuasiga tashrif buyurdilar.
Bu yerda payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning sahobalaridan biri Qusam ibn Abbos va boshqa arboblarning maqbaralaridan tashkil topgan. Shohi Zinda 2001-yilda YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Rasman Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning qizi Fotima va kuyovi Ali ibn Abu Tolibning avlodlari hisoblangan Hoshimiylar sulolasi vakili bo‘lgan Iordaniya podshohi Qusam ibn Abbos xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur’on tilovat qilindi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaKorol Iordanii oznakomilsya s istoricheskimi pamatnikami Samarkanda
Korol Iordanii oznakomilsya s istoricheskimi pamatnikami Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2025
Korol Iordanii oznakomilsya s istoricheskimi pamatnikami Samarkanda
Amir Temur maqbarasi ziyorati chog‘ida Iordaniya delegatsiyasiga buyuk sarkardaning davlatchilik siyosati, harbiy mahorati, turli mamlakatlar bilan diplomatik aloqalari haqida so‘zlab berildi.
Davlat rahbarlari Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalaridan iborat Registon majmuasini ham ziyorat qildilar.
Shundan so‘ng davlat rahbarlari Samarqand xalqaro turizm markazidagi "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik majmuasini borib ko‘rdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaKorol Iordanii posetil istoriko-etnograficheskiy park "Vechniy gorod"
Korol Iordanii posetil istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2025
Korol Iordanii posetil istoriko-etnograficheskiy park "Vechniy gorod"
Oliy martabali mehmon xalqimizning boy madaniy merosi, hunarmandchilik va amaliy san’atini aks ettiruvchi ko‘rgazmalarni tomosha qildi. Raqs jamoalarining chiqishlari namoyish etildi.
Korol Iordanskogo Xashimitskogo Korolevstva Abdalla II ibn al-Xuseyn pribil v Uzbekiston s gosudarstvennim vizitom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandga keldi
Yangiliklar lentasi
0