O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar soni qariyb 50 foizga oshdi

© Sputnik / Baxrom XatamovTuristi v Uzbekistane
Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2025
Obuna bo‘lish
Sayyohlar asosan qo‘shni davlatlardan kelmoqda. Xususan, Qirg‘izistondan 1,8 mln, Qozog‘iston va Tojikistondan 1,4 mln nafardan sayyoh kelgan.
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. 2025 yilning yanvar-iyul oylarida jami 6,3 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
“Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2,1 mln nafarga yoki 48,9 % ga oshgan”, - deyilgan xabarda.
Ularning soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Qirg‘iziston – 1 846 030 nafar;
Qozog‘iston – 1 466 535 nafar;
Tojikiston – 1 441 618 nafar;
Rossiya – 536 849 nafar;
Afg‘oniston – 267 485 nafar;
Turkmaniston – 208 864 nafar;
Xitoy – 103 158 nafar;
Turkiya – 96 492 nafar;
Hindiston – 38 008 nafar;
Koreya Respublikasi – 25 057 nafar;
boshqa davlatlar – 289 023 nafar.
Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan O‘zbekiston hududlariga 15,8 mln nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini 4 mlrd dollarga yetkazish asosiy maqsad qilib belgilangan.
Bashnya Shuxova v Buxare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2025
Bukhara Tower: "Shuxov minorasi" sayyohlarni nimasi bilan o‘ziga jalb qilmoqda — foto
Yangiliklar lentasi
0