Bukhara Tower: "Shuxov minorasi" sayyohlarni nimasi bilan o‘ziga jalb qilmoqda — foto

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Buxoro shahri markazida joylashgan Shuxov minorasi bugungi kunda mamlakatning eng mashhur sayyohlik obyektlaridan biriga aylangan. Minoraning tarixidan to bugungi qiyofasigacha fotomaqolamizda tanishing.
TOShKENT, 9 avg – Sputnik, Bahrom Hatamov. Buxoro shahridagi afsonaviy Registon maydoni va tarixiy Ark qal’asi ro‘parasida qad rostlagan noyob inshoot — Bukhara Tower yoki xalq tilida hali ham "Shuxov minorasi" deb ataladigan ushbu minora nafaqat shaharning timsoli, balki muhandislik san’atining haqiqiy namunasidir.

Shuxov muhandisligi va minoraning tarixi

Bu giperboloid shakldagi temir konstruksiya 1927–1929 yillar oralig‘ida rus muhandisi Vladimir Shuxov loyihasi asosida barpo etilgan. O‘sha davrda minora shaharni ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun suv saqlovchi inshoot sifatida xizmat qilgan. Uning metall konstruksiyasi Moskvada tayyorlanib, Buxoroga olib kelingan. Tuzilishida markaziy ustun va uni o‘rab turgan zinapoyalar mevjud.
Afsuski, 1968-yilda yuz bergan yong‘in minoraning yog‘och qismlarini yondirib yuborgan va suv baklariga ham zarar yetkazgan. Shundan so‘ng minora faoliyatsiz holda qolib ketgan.

Restoranga aylangan tarixiy inshoot

1990-yillarda mahalliy tadbirkorlar tomonidan minorani qayta hayotga qaytarishga urinish bo‘ldi — lift o‘rnatildi va yuqorida kafe ochildi. Biroq, liftning buzilishi tufayli bu loyiha ham qisqa muddatda to‘xtatildi.

Yangilanish va qayta ochilish

2018 yilda fransuz sarmoyadorlari ko‘magida minora tubdan ta’mirlandi. Bir yillik ta’mirlash ishlaridan so‘ng, 2019-yil 24-mart kuni minora Bukhara Tower nomi bilan qayta ochildi. U endilikda nafaqat tarixiy yodgorlik, balki zamonaviy turizm markazi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Bugungi Bukhara Tower: nima bor?

Oynali lift orqali yuqoriga chiqish imkoniyati
Panoramali tomosha maydonchasi — maxsus binokllar bilan jihozlangan
Fransuz restorani — minoraning ikkinchi yarusida va ostida
Kafe va ma’lumot markazi, shuningdek kichik muzey.

Milliy merosga aylangan inshoot

Minora hozirda O‘zbekiston Respublikasining moddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. U nafaqat XX asr muhandislik yechimlarining namunasi, balki shaharning madaniy va turistik salohiyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Oynali lift orqali yuqoriga chiqiladi

Oynali lift orqali yuqoriga chiqiladi - Sputnik O‘zbekiston
1/13

Oynali lift orqali yuqoriga chiqiladi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Birinchi qavatdagi kichik muzey

Birinchi qavatdagi kichik muzey - Sputnik O‘zbekiston
2/13

Birinchi qavatdagi kichik muzey

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Panoramali tomosha maydonchasi — maxsus binokllar bilan jihozlangan

Panoramali tomosha maydonchasi — maxsus binokllar bilan jihozlangan - Sputnik O‘zbekiston
3/13

Panoramali tomosha maydonchasi — maxsus binokllar bilan jihozlangan

© Sputnik / Baxrom Xatamov
Bashnya Shuxova v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
4/13
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Bashnya Shuxova v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
5/13
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ark qal’asining kuzatuv maydonchasidan ko‘rinishi

Ark qal’asining kuzatuv maydonchasidan ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston
6/13

Ark qal’asining kuzatuv maydonchasidan ko‘rinishi

© Sputnik / Baxrom Xatamov
Bashnya Shuxova v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
7/13
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Bashnya Shuxova v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
8/13
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Bashnya Shuxova v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
9/13
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Kuzatuv maydonchasidan Bolo-Hauz masjidining ko‘rinishi

Kuzatuv maydonchasidan Bolo-Hauz masjidining ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston
10/13

Kuzatuv maydonchasidan Bolo-Hauz masjidining ko‘rinishi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Minoraning ikkinchi yarusida fransuz restorani joylashgan

Minoraning ikkinchi yarusida fransuz restorani  joylashgan - Sputnik O‘zbekiston
11/13

Minoraning ikkinchi yarusida fransuz restorani joylashgan

© Sputnik / Baxrom Xatamov
Bashnya Shuxova v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
12/13
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Bashnya Shuxova v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
13/13
Yangiliklar lentasi
0