Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

© Getty Images / WPA PoolKorol Iordanskogo Xashimitskogo Korolevstva Abdalla II ibn al-Xuseyn
Korol Iordanskogo Xashimitskogo Korolevstva Abdalla II ibn al-Xuseyn - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2025
Obuna bo‘lish
Abdulla II ibn al-Husayn tashrifining asosiy tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Iordaniya Hoshimiylar podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn 25-26 avgust kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, oliy martabali mehmon tashrifining asosiy tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
“Sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, kimyo, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, konchilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari o‘rin olgan”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashiladi.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar to‘plami imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Delegatsiya Uzbekistana vo glave s ministrom investitsiy Lazizom Kudratovim provela rad vstrech v Iordanii

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya imtiyozli savdo bitimini imzolashi mumkin
Yangiliklar lentasi
0