O‘zbekiston va Iordaniya imtiyozli savdo bitimini imzolashi mumkin

© Ministerstvo investitsiy, industrii i torgovli RUz Delegatsiya Uzbekistana vo glave s ministrom investitsiy Lazizom Kudratovim provela rad vstrech v Iordanii
Delegatsiya Uzbekistana vo glave s ministrom investitsiy Lazizom Kudratovim provela rad vstrech v Iordanii

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2025
Obuna bo‘lish
Tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, savdo hajmini oshirishni muhokama qilmoqda.
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. O‘zbekiston va Iordaniya Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasini tayyorlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ammanda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Iordaniya sanoat, savdo va ta’minot vaziri Yarub Qudax bilan bo‘lib bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shunga kelishib olindi.

"Uchrashuvlarning asosiy natijasi ikki davlat o‘rtasida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimloyihasini tayyorlashga kelishib olindi", - deyilgan xabarda.

Tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, savdo hajmini oshirish hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida bevosita aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda qulay biznes muhitini yaratish bo‘yicha tajriba almashishdi. Sanoat kooperatsiyasi va eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Qudratov mamlakatning yetakchi kompaniyalari — "National Arab Mining Company", "Zarhat Company", "Arab Pesticides and Veterinary Drugs Manufacturing Company", "Jordan Phosphate Mines Company", "Grow Tech", "C Fashion Apparel Industry" va boshqa korxonalar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Kun yakunida Iordaniya Savdo-sanoat palatasi rahbariyati hamda farmatsevtika, kimyo, to‘qimachilik, elektrotexnika, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi 20 tadan ortiq kompaniyalar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Laziz Kudratov 5-6 avgust kunlari Turkmaniston va BMTning UNIDO hamda UNECE vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazganligi haqida xabar bergan edik.
Ministr inostrannix del Uzbekistana Baxtiyor Saidov vstretilsya s zamestitelem Premyer-ministra, ministrom inostrannix del i po delam ekspatriantov Iordanii Aymanom Safadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2025
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi
Yangiliklar lentasi
0