https://oz.sputniknews.uz/20250813/shht-raqamli-savdo-51220442.html
ShHT makonida raqamli savdo qanday rivojlanadi - video
ShHT makonida raqamli savdo qanday rivojlanadi - video
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ShHT makonida yagona raqamli platforma yaratishning aniq afzalliklarini ko‘rmoqda. 13.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-13T18:42+0500
2025-08-13T18:42+0500
2025-08-13T18:42+0500
matbuot markazi
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
elektron savdo
iqtisod
video
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/0d/51211798_0:29:3072:1757_1920x0_80_0_0_7fdb355c723ad0b967ab179a742f5ab1.jpg
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Sputnik matbuot markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) makonida raqamli savdo rivojlanishi muhokama qilindi.Rossiya Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining davlat organlari bilan aloqalar bo‘yicha direktori Maksim Fayazovning so‘zlariga ko‘ra, yagona raqamli platforma ShHT iqtisodiy integratsiyasi va transchegaraviy hamkorlik uchun katalizator bo‘lishi mumkin.Uning aytishicha, bu savdo operatsiyalarini soddalashtiradi, logistika samaradorligini oshiradi va bojxona tartibotlarini tezlashtiradi. Bu esa biznesga yuklarni tezroq rasmiylashtirishga, xarajatlarni kamaytirishga va shaffoflikni oshirishga imkon beradi.Fayozovning ta’kidlashicha, bu Rossiya uchun Markaziy Osiyoga eksportni kengaytirish hamda ommaviy iste’mol mahsulotlari va yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlari kabi yuklarning harakatini tezlashtirish imkoniyatidir.O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi elektron tijorat sohasida tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Mirislom Yo‘ldoshev O‘zbekiston ShHT makonida yagona raqamli platforma yaratishning aniq afzalliklarini ko‘rayotganini qayd etdi.Ular orasida xalqaro marketpleyslar bilan integratsiyalashish va V2C segmentida mamlakatlar o‘rtasidagi xarid qobiliyati chegaralarini kengaytirish, shuningdek, tadbirkorlar uchun yangi potensial mijozlarni topishni osonlashtirish ham bor.Rossiya Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi a’zosi Timur Islyayevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik ShHT doirasida jadal rivojlanib bormoqda. Birgina 2024-yilning o‘zida savdo hamkorligining o‘sishi qariyb 12% ni tashkil etdi, bu esa biznesning iqtisodiy ittifoqlar va integratsiyaga bo‘lgan ishonchini tasdiqlaydi.Batafsil – Sputnik videosida.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/0d/51211798_148:0:2879:2048_1920x0_80_0_0_8dfafeb1b2cbc70f018ad32762245342.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), elektron savdo, iqtisod, video, video
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), elektron savdo, iqtisod, video, video
ShHT makonida raqamli savdo qanday rivojlanadi - video
Eksklyuziv
O‘zbekiston ShHT makonida yagona raqamli platforma yaratishning aniq afzalliklarini ko‘rmoqda.
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Sputnik matbuot markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) makonida raqamli savdo rivojlanishi muhokama qilindi.
Rossiya Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining davlat organlari bilan aloqalar bo‘yicha direktori Maksim Fayazovning so‘zlariga ko‘ra, yagona raqamli platforma ShHT iqtisodiy integratsiyasi va transchegaraviy hamkorlik uchun katalizator bo‘lishi mumkin.
Uning aytishicha, bu savdo operatsiyalarini soddalashtiradi, logistika samaradorligini oshiradi va bojxona tartibotlarini tezlashtiradi. Bu esa biznesga yuklarni tezroq rasmiylashtirishga, xarajatlarni kamaytirishga va shaffoflikni oshirishga imkon beradi.
Fayozovning ta’kidlashicha, bu Rossiya uchun Markaziy Osiyoga eksportni kengaytirish hamda ommaviy iste’mol mahsulotlari va yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlari kabi yuklarning harakatini tezlashtirish imkoniyatidir.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi elektron tijorat sohasida tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Mirislom Yo‘ldoshev O‘zbekiston ShHT makonida yagona raqamli platforma yaratishning aniq afzalliklarini ko‘rayotganini qayd etdi.
Ular orasida xalqaro marketpleyslar bilan integratsiyalashish va V2C segmentida mamlakatlar o‘rtasidagi xarid qobiliyati chegaralarini kengaytirish, shuningdek, tadbirkorlar uchun yangi potensial mijozlarni topishni osonlashtirish ham bor.
"Bu mamlakatlar o‘rtasidagi tovar aylanmasi uchun ham foydali: birinchi navbatda, ishlab chiqaruvchilar xarajatlarini kamaytiradi va, davlatlar uchun muhim bo‘lgan, biznes yuritish shaffofligini ta’minlaydi", — deydi u.
Rossiya Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi a’zosi Timur Islyayevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik ShHT doirasida jadal rivojlanib bormoqda. Birgina 2024-yilning o‘zida savdo hamkorligining o‘sishi qariyb 12% ni tashkil etdi, bu esa biznesning iqtisodiy ittifoqlar va integratsiyaga bo‘lgan ishonchini tasdiqlaydi.
Batafsil –
Sputnik videosida.