Sud faoliyatini raqamlashtirish darajasi oshiriladi
10:37 28.02.2025 (yangilandi: 11:27 28.02.2025)
© RIA /KalmikiyaMoskovskiy gorodskoy sud

© RIA /Kalmikiya
Obuna bo‘lish
Sud ishlarini yuritishda qog‘oz shaklidan butunlay voz kechish maqsadida “Raqamli sud” konsepsiyasi amalga oshiriladi.
TOShKENT, 28 fev - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-fevral kuni sud faoliyatini yanada yaxshilash, ochiqlik va raqamlashtirish darajasini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda sud faoliyatini raqamlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie posvashennoe dalneyshemu sovershenstvovaniyu deyatelnosti sudebnoy sistemi, povisheniyu urovnya yee otkritosti i sifrovizatsii

Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie posvashennoe dalneyshemu sovershenstvovaniyu deyatelnosti sudebnoy sistemi, povisheniyu urovnya yee otkritosti i sifrovizatsii
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Taqdimotga ko‘ra, sud ishlarini yuritishda qog‘oz shaklidan butunlay voz kechish maqsadida “Raqamli sud” konsepsiyasi amalga oshiriladi. Buning uchun Oliy sud huzurida Axborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi. U sudlarga zarur bo‘lgan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar yaratish, sun’iy intellektni joriy etish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi. Tadbirkorlik subyektlari bilan sudlar o‘rtasida elektron ma’lumot almashish yo‘lga qo‘yiladi. Ishlarni ko‘rib chiqish tezkorligi oshadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie posvashennoe dalneyshemu sovershenstvovaniyu deyatelnosti sudebnoy sistemi, povisheniyu urovnya yee otkritosti i sifrovizatsii

Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie posvashennoe dalneyshemu sovershenstvovaniyu deyatelnosti sudebnoy sistemi, povisheniyu urovnya yee otkritosti i sifrovizatsii
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbari buning uchun sudlar va barcha aloqador tashkilotlarning axborot tizimlari integratsiyasi muhimligini, qulayliklarni odamlar sezishi kerakligini ta’kidladi. Bu ishlarni kengaytirish, huquq-tartibot idoralari ma’lumotlarini sudlar bilan samarali bog‘lash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Sohaga oid qonunlarni xalqaro standartlarga moslashtirish, sudni yanada xalqchil qilish, tizimni moliyalashtirish bo‘yicha qonunlar zarurati qayd etildi. Iqtisodiy sud tizimini isloh qilish, bu borada yagona sud amaliyotini yo‘lga qo‘yish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie posvashennoe dalneyshemu sovershenstvovaniyu deyatelnosti sudebnoy sistemi, povisheniyu urovnya yee otkritosti i sifrovizatsii

Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie posvashennoe dalneyshemu sovershenstvovaniyu deyatelnosti sudebnoy sistemi, povisheniyu urovnya yee otkritosti i sifrovizatsii
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Sud binolarida odamlar uchun zarur sharoit yaratish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Sudyalar malakasini, jumladan, axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimini oshirish, yosh kadrlarni shu jihatlardan yetuk etib tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.