Prezident bir qator tadbirkorlarni orden va medallar bilan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2025
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev yetti nafar tadbirkorni "Mehnat shuhrati" va "Do‘stlik" ordenlari bilan taqdirladi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik sohasidagi investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan bir qator faollar/ishbilarmonlarni mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.

"O‘zining ishbilarmonlik va tashabbuskorlik fazilatlari bilan tadbirkorlik sohasida investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, turli yo‘nalishdagi saxovat va homiylik ishlari bilan jamiyatimizda o‘zaro ko‘mak va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgani, hududlar infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy obyektlarni qurish, aholi uchun ko‘plab qulay sharoit va imkoniyatlarni yaratishda boshqalarga alohida ibrat va namuna bo‘layotgani uchun", - deyiladi farmon matnida.

Mukofotlanganlar:
"Mehnat shuhrati" ordeni bilan
Abduraximov Avaz Ergashboyevich - "64 BIT" MChJ maslahatchisi
Ag‘zamov Hamidulla Atovullayevich - "Toys Uz" MChJ rahbari
Zoitbekov Yusufbek Qudratbek o‘g‘li - "Lider Kabel Group" MChJ rahbari
Ibragimov Rashid Xasanovich - "Online building project" MChJ rahbari, viloyati
Karimbayev Xo‘rsandjon Dadajonovich - "Farm Diyor" MChJ rahbari,
"Do‘stlik" ordeni bilan
Musina Alfiya Raximovna - Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchilar uyushmasi raisi
Raximbayev Aydin - Qozog‘iston Respublikasining "BI Group" xoldingi direktorlar kengashi raisi
Mirziyoyev provodit otkritiy dialog s predprinimatelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2025
Tadbirkorlar uchun moliya va soliq yengilliklari belgilandi - Prezident farmoni
Yangiliklar lentasi
0