Tadbirkorlar uchun moliya va soliq yengilliklari belgilandi - Prezident farmoni

© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishMirziyoyev provodit otkritiy dialog s predprinimatelyami
Mirziyoyev provodit otkritiy dialog s predprinimatelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2025
Obuna bo‘lish
Yangi qonunda tadbirkorlardan kelib tushgan 15 mingga yaqin murojaatlar o‘z aksini topgan.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev bugun tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida farmon imzoladi.

Moliyaviy resurslar hajmi oshiriladi

2026–2027 yillarda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun jami 270 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Undan tijroat banklari tomonidan 250 trillion so‘m kichik va o‘rta biznes uchun ajratiladi.
Davlat budjetidan – tuman va shaharlarni rivojlantirish uchun 6 trln, drayver loyihalar uchun– 5 trln, EIZ va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish uchun - 4 trln so‘m ajratiladi.
Shuningdek, tadbirkorlarga kredit ajratishda ularning to‘lov qobiliyatini baholash tizimi takomillashtirilib davlat organlarida shakllangan ma’lumotlar bazasi asosida muqobil skoring tizimi joriy etiladi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizmni rivojlantirish choralari

Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ayrim xo‘jalik subyektlarga jarimalar qo‘llash va undirishga 2027-yil 1-yanvarga qadar moratoriy e’lon qilinadi.
2026-2028 yishllarda turizmni rivojlantirish dasturi joriy etiladi. Unda mehmonxonalar qurish uchun tadbirkorlarga yer uchastkalari berish, undar yerning narxi davvlat ulushiga aylanishi mexanizmi joriy etiladi. Tijorat banklari tomonidan mehmonxonalar qurish uchun 30 mlrd so‘mgacha kreditlar ajratiladi.

Soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish choralari

2026 yil 1-yanvardan QQSga o‘tgan tadbirkorlar 1-yil davomida foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi va buxgalteriya xarajatlari qisman qoplanadi.
2026 yil 1-yanvardan boshlab yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk, yer, daromad va ijtimoiy soliq hisobotlarini shakllantirish vazifasi soliq organlariga o‘tkaziladi va ushbu majburiyat soliq to‘lovchilar uchun bekor qilinadi. Soliq to‘lovchi shakllantirilgan to‘lovlarga 5 ish kuni ichida zarur tuzatishlarni kiritishi huquqi beriladi.
2026 yil 1-yanvardan boshlab sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishda mobil videokameradan foydalanish majburiy bo‘ladi, aks holda tekshiruv noqonuniy hisoblanadi.
Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun jarima miqdori 10 baravaridan 3 baravariga tushiriladi, fuqarolar uchun BHMning 3 baravaridan 1 baravariga tushiriladi.
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva s predprinimatelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2025
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda e’lon qilingan eng muhim yangiliklar
Yangiliklar lentasi
0