Bandlik, tadbirkorlik va daromadni oshirish: O‘zbekistonda yangi yondashuvlar joriy qilinadi

© Gettyimages/Amine Bouzidi IdrissiVid s vozduxa na Tashkent s telebashni - peyzajniy snimok
Vid s vozduxa na Tashkent s telebashni - peyzajniy snimok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2025
Obuna bo‘lish
2025 yilda aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash dasturi hamda uning doirasida maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda aholini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish va daromadni oshirishda yangi yondashuvlar joriy qilinadi. Bu haqda “2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2025-yilda aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash dasturi hamda uning doirasida maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
2025 yilda Dastur ijrosi doirasida 5,2 million aholini ish bilan band qilish hamda daromadli mehnat bilan ta’minlash maqsadida ayrim tashkilotlar mas’ul etib belgilandi.
2025–2026 yillarda Namangan, Toshkent, Xorazm va boshqa viloyatlarda parrandachilik sohasida kooperatsiya tizimida zamonaviy so‘yish korxonalari (kushxonalar) va muzlatkichli omborxonalar, mahsulotlar va chiqindilarni qayta ishlash, naslli jo‘jalar yetishtirish va parranda mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini o‘z ichiga olgan tayyor biznes loyihalari amalga oshiriladi.
2025 yilda kambag‘al oila a’zolarini jalb etgan holda:
20 ming gektar o‘rmon fondi yerlarida sanoatbop, manzarali va mevali daraxt turlaridan iborat o‘rmonlar barpo etish, ko‘chatxonalar tashkil etish va dorivor o‘simliklar yetishtirish loyihalari amalga oshiriladi;
jami 100 gektar yer uchastkalarida brussonetiya daraxtini yetishtirish bo‘yicha pilot loyihalar amalga oshiriladi.
2025 yil 1-iyuldan “Ekofaol fuqaro” platformasiga o‘zi ekkan daraxti to‘g‘risida ma’lumotlar kiritgan kambag‘al oilalar a’zolariga o‘rmon fondi yerlarida ekilgan har 100 ta daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.
Kambag‘al oilalar a’zolariga qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratiladi.
Qarorga ko‘ra, og‘ir toifadagi 300 ta mahallada kooperatsiya asosida 180–500 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etiladi.
2025 yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvarga qadar yangi tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi va dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash kooperativlari uchun ijtimoiy soliq hamda ularga ishga qabul qilingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilanadi.
Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun BHMning 10 baravarigacha miqdorda subsidiyalar ajratiladi.
Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji negizida 2025-yil 1-dekabrgacha kreativ sohalar klasteri tashkil qilinadi.
Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida:
2025 yil 1-fevraldan ish beruvchilar buyurtmasi va tijorat banklari mijozlari ehtiyoji asosida ishsiz aholini, shu jumladan, kambag‘al oilalar a’zolarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga manzilli o‘qitish tizimi joriy etiladi;
2025 yil 1-martdan aholini kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash jarayonlarini raqamli nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
2025 yil 1-apreldan 12 ta yangi kasb yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Shuningdek, kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi
2025 yil 1-fevraldan kasblarga o‘qitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan ko‘p davom etadigan o‘quv kurslariga qabul qilingan Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz a’zolariga to‘lanadi.
2025 yil 1-maygacha ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi. Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan o‘tkaziladi.
Mahallalarda kambag‘al oila a’zolarining ishlash ishtiyoqini va tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan “Farovon hayotga ilk qadam”, “Ishonch” loyihalari va “Ma’rifat orqali kambag‘allikni qisqartirish” dasturi amalga oshiriladi.
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2025
Davlat dasturi-2025: taklif qilinayotgan va kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar
Yangiliklar lentasi
0