Isroil-Falastin mojarosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil-Falastin mojarosi oktabr boshida XAMAS zarbasidan so‘ng qaytadan avj oldi. Isroil "G‘azo" sektorini bombardimon qildi va to‘liq blokadaga oldi.

Isroil G‘azoga hujum boshladi

© Getty Images / Elke ScholiersIzrailskie voyennie nepodaleku ot granisi s sektorom Gaza. Arxivnoe foto
Izrailskie voyennie nepodaleku ot granisi s sektorom Gaza. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2025
Obuna bo‘lish
Ilgari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu “xavfsizlikni ta’minlash” uchun butun G‘azo sektori ustidan nazorat o‘rnatish niyati borligini ma’lum qilgandi.
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Isroil Mudofaa armiyasi (SAXAL) G‘azo shahriga hujum boshladi. Bu haqda “Jerusalem Post” nashri armiya generali vakili Effi Defrin so‘zlariga tayangan holda xabar berdi.
“SAXAL G‘azo shahriga bostirib kirish uchun birinchi qadamlarni boshladi”, - deyilgan xabarda.
Avgust boshida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu “xavfsizlikni ta’minlash” uchun butun G‘azo sektori ustidan nazorat o‘rnatish niyati borligini ma’lum qilgandi. Uning aniqlik kiritishicha, keyinchalik Tel-Aviv anklavni fuqarolik hukumati boshqaruviga berishni rejalashtirmoqda.
Ayrim davlatlar, xususan, Misr va Qatar Isroilning rejasini tanqid qildi. O‘tgan hafta ular HAMASga mojaroning to‘liq to‘xtatilishiga olib keluvchi 60 kunlik sulh taklif qilishdi. Bitim 2023-yil 7-oktabrda o‘g‘irlangan garovdagi isroilliklarning yarmini falastinlik mahbuslarga evaziga ozod qilishni ham nazarda tutadi.
HAMAS taklifni qo‘llab-quvvatladi, Isroil esa hozirgacha javob bermadi.
Izrailskie voyennie vo nazemnoy operatsii v sektore Gaza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2025
Isroil G‘azoni bosib olish operatsiyasini ma’qulladi
Yangiliklar lentasi
0