https://oz.sputniknews.uz/20250820/isroil-gazoni-bosib-olish-operatsiyasini-maqulladi-51369928.html
Isroil G‘azoni bosib olish operatsiyasini ma’qulladi
Isroil G‘azoni bosib olish operatsiyasini ma’qulladi
Sputnik O‘zbekiston
Operatsiya 2026-yilga qadar davom etadi va unga 130 minggacha zahiradagi harbiylarni jalb etish rejalashtirilgan. 20.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-20T15:30+0500
2025-08-20T15:30+0500
2025-08-20T15:30+0500
isroil
g‘azo
harbiy
armiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/02/40622856_0:13:1024:589_1920x0_80_0_0_91f32af31ab932113cd73ff6c2eb6ed9.jpg
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Isroil mudofaa vaziri Israel Kas G‘azoni bosib olish bo‘yicha operatsiyani ma’qulladi, deb xabar bermoqda Kan davlat teleradiokompaniyasi.Avgust oyi boshida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu “xavfsizlik perimetrini ta’minlash” maqsadida butun G‘azo sektori ustidan nazorat o‘rnatish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, Tel-Aviv keyinchalik anklavni fuqarolik hukumatiga topshirishni rejalashtirmoqda.Bir qancha davlatlar, jumladan Misr va Qatar Isroilning rejalarini qoraladi. O‘tgan hafta ular XAMASga 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini taqdim etdilar, bu esa mojaroga to‘liq barham berishi kerak. Shartnoma, shuningdek, 2023-yil 7-oktabrda o‘g‘irlab ketilgan isroillik garovga olinganlarning yarmini, ba’zi falastinlik mahbuslar evaziga ozod qilishni ham ko‘zda tutadi.HAMAS bu taklifni qo‘llab-quvvatladi, biroq Isroil hali bunga javob bermadi.
g‘azo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/02/40622856_55:0:966:683_1920x0_80_0_0_e43e229b52969a4a5f56fe6cb107a19d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
isroil, g‘azo, harbiy, armiya
isroil, g‘azo, harbiy, armiya
Isroil G‘azoni bosib olish operatsiyasini ma’qulladi
Operatsiya 2026-yilga qadar davom etadi va unga 130 minggacha zahiradagi harbiylarni jalb etish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Isroil mudofaa vaziri Israel Kas G‘azoni bosib olish bo‘yicha operatsiyani ma’qulladi, deb xabar bermoqda Kan davlat teleradiokompaniyasi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, operatsiya "Gideon aravalari 2" deb nomlanadi va 2026-yilgacha davom etadi. Manyovrlar avjida unga 130 minggacha zahiradagi harbiylar jalb etiladi, deyiladi xabarda.
Avgust oyi boshida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu “xavfsizlik perimetrini ta’minlash” maqsadida butun G‘azo sektori ustidan nazorat o‘rnatish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, Tel-Aviv keyinchalik anklavni fuqarolik hukumatiga topshirishni rejalashtirmoqda.
Bir qancha davlatlar, jumladan Misr va Qatar Isroilning rejalarini qoraladi. O‘tgan hafta ular XAMASga 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini taqdim etdilar, bu esa mojaroga to‘liq barham berishi kerak. Shartnoma, shuningdek, 2023-yil 7-oktabrda o‘g‘irlab ketilgan isroillik garovga olinganlarning yarmini, ba’zi falastinlik mahbuslar evaziga ozod qilishni ham ko‘zda tutadi.
HAMAS bu taklifni qo‘llab-quvvatladi, biroq Isroil hali bunga javob bermadi.