Ostonada Birinchi o‘zbek-qozoq ilmiy-ijodiy ziyolilar forumi bo‘lib o‘tdi

© Senat Oliy MajlisaV Astane sostoyalsya Perviy forum nauchno-tvorcheskoy intelligensii Uzbekistana i Kazaxstana
V Astane sostoyalsya Perviy forum nauchno-tvorcheskoy intelligensii Uzbekistana i Kazaxstana
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2025
Obuna bo‘lish
Forumda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlar izchil mustahkamlanayotgani ta’kidlandi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Qozog‘iston poytaxti Ostonada “Umumiy tarixiy-madaniy meros – hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusida O‘zbekiston va Qozog‘iston ziyolilarining birinchi ilmiy-ijodiy forumi o‘tkazildi.

Unda Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Tadbir doirasida ikki xalqning buyuk shoirlari, rassomlari va olimlari ilmiy hamda ijodiy merosidan namunalar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, o‘zbek mualliflari tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar taqdimoti ham o‘tkazildi.
© Senat Oliy MajlisaV Astane sostoyalsya Perviy forum nauchno-tvorcheskoy intelligensii Uzbekistana i Kazaxstana
V Astane sostoyalsya Perviy forum nauchno-tvorcheskoy intelligensii Uzbekistana i Kazaxstana
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2025
V Astane sostoyalsya Perviy forum nauchno-tvorcheskoy intelligensii Uzbekistana i Kazaxstana
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva O‘zbekiston va Qozog‘istonni nafaqat umumiy manfaatlar, balki chuqur tarixiy, madaniy va ma’naviy ildizlar bog‘lab turganini ta’kidladi.
Forumda ikki xalq buyuk mutafakkirlari merosini asrab-avaylash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Ostona shahrida Alisher Navoiy, Toshkentda esa Abay Qo‘nonboyev haykallarining o‘rnatilishi, shuningdek, O‘zbekistonda Abay tavalludining 180-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlar — ikki davlat hamkorligining yorqin namunasi sifatida tilga olindi.
Shuningdek, ikki davlat OTMlari orasida 280 dan ziyod shartnoma va memorandumlar imzolangani, qo‘shma dasturlar amalga oshirilayotgani hamda O‘zbekistonda 400 dan ortiq maktabda qozoq tili o‘qitilayotgani qayd etildi.
Yangi sharoitlarda madaniy turizm va kreativ industriyani rivojlantirish, festivallar, ko‘rgazmalar, kinoforumlar va boshqa gumanitar tadbirlarni o‘tkazish muhim ekanligini aytib o‘tildi.
Yangiliklar lentasi
0