Bugun prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishShavkat Mirziyoyev provodit soveshanie, posvashennoe tekstilnoy otrasli
Shavkat Mirziyoyev provodit soveshanie, posvashennoe tekstilnoy otrasli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2025
Obuna bo‘lish
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan masalalar va kelib tushgan tashabbuslar muhokama qilinadi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Bugun Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi va ularning bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi.
Uchrashuvda prezident ushbu murojaatlarni o‘rganish asosida ishlab chiqilgan hamda tadbirkorlik faoliyatiga yanada ko‘p qulaylik yaratishga qaratilgan yangi yechimlarni ilgari surishi kutilmoqda.
Shuningdek, davlat rahbari Yangi Toshkentda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishadi.
Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv ilk bor 2021-yil 20-avgustida o‘tkazilgan edi. O‘shanda prezident 20-avgustni Tadbirkorlar kuni deb e’lon qilishni taklif qilgan edi. Shundan buyon uchrashuvlar an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Shu kungacha tadbirkorlar tomonidan bildirilgan 1 mingga yaqin taklif va tashabbuslar qonun va qarorlarda o‘z aksini topdi. Bugungi ochiq muloqotga tayyorgarlik davomida 26 ta sohaning 7 mingga yaqin vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. “Koll-markaz” orqali 13 mingdan ziyod murojaat va tashabbuslar kelib tushdi.
Yangiliklar lentasi
0