Eng ko‘p kichik biznes qaysi sohada tashkil etilayotgani ma’lum bo‘ldi

© Depositphotos / stokketeDevushka smotrit dokumenti
Devushka smotrit dokumenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2025
Obuna bo‘lish
Yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlarining uchdan bir qismi savdo sohasida faoliyat yuritmoqda.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 2025-yil yanvar–iyul oylarida 47796 ta kichik tadbirkorlik subyekti tashkil etildi. Bu raqam fermer va dehqon xo‘jaliklarini hisobga olmagan holda keltirilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ularning soni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:
Savdo sohasida -17587;
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida -6183;
Sanoat sohasida -6189;
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida - 4234;
Qurilish sohasida - 2680;
Axborot va aloqa sohasida - 1763;
Tashish va saqlash sohasida -1512;
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida -989;
Boshqa sohalarda - 6659.
Eslatib o‘tamiz, Milliy statistika qo‘mitasi oldin bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil yanvar–dekabr oylarida respublikada 79,7 mingta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.
V kakix oblastax Uzbekistana otkrili bolshe vsego malix predpriyatiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2025
O‘zbekistonda kichik biznes yil boshidan beri qanday rivojlanmoqda?
Yangiliklar lentasi
0