O‘zbekistonda kichik biznes yil boshidan beri qanday rivojlanmoqda?

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning dastlabki ikki oyida eng ko‘p kichik korxonalar Toshkent shahrida tashkil etilgan. Ularning soni 3 039 nafarni tashkil etadi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Toshkent va Xorazm viloyatlari joy olgan. Kichik korxonalar eng kam ochilgan viloyat esa Sirdaryo viloyati bo‘lgan.
Shu davrda respublika bo‘yicha jami 12 732 kichik biznes subyekti ro‘yxatga olingan.
O‘tgan yilning avgust oyida Nukus shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev va tadbirkorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda sohada beshta yo‘nalish bo‘yicha yangi tashabbuslar e’lon qilingan edi. Bular:
kichik va o‘rta biznes uchun moliyaviy resurslarni ko‘paytirish;
korxonalarni infratuzilma, yer va energiya bilan ta’minlash;
ichki bozorda teng raqobat muhitini yaratish va tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish;
xizmat ko‘rsatish sohasida yangi impuls;
biznes uchun to‘siqlarni yanada qisqartirish.
Shuningdek, fevral oyida prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchta asosiy hujjat imzolanganini ma’lum qilgan edi.
Yil boshidan buyon kichik korxonalar soni hududlar kesimida qanday o‘sgani haqida Sputnik O‘zbekiston infografikasida ko‘ring.
Yangiliklar lentasi
0