https://oz.sputniknews.uz/20250819/axloq-zid-malumot-oldi-olinish-51348833.html
Senat qo‘mitasi nashriyotlar javobgarligini oshirishni muhokama qildi
Senat qo‘mitasi nashriyotlar javobgarligini oshirishni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Axloqqa zid, o‘quvchi yoshiga nomuvofiq va noto‘g‘ri ma’lumot chop etgan nashriyotlar javobgarlikka tortiladi. 19.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-19T16:55+0500
2025-08-19T16:55+0500
2025-08-19T16:56+0500
o‘zbekiston
o‘zbekiston oliy majlisi senati
kitob
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/13/51348926_0:106:1024:682_1920x0_80_0_0_24c08a4b9f75b8a48762fb5815d1920d.jpg
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Bugun Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisida “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun muhokama qilindi.Ma’lum bo‘lishicha, nashriyotlarda bosh muharrirning huquqiy maqomi va unga qo‘yiladigan talablar va mas’uliyatiga oid normalarning yo‘qligi ayrim muammolar keltirib chiqarmoqda. Respublikada faoliyat yuritayotgan 590ta nashriyotdan 248tasida bosh muharrir lavozimi yo‘q. Ishlab chiqilayotgan yangi qonunda bosh muharrir lavozimiga oliy ma’lumotga ega va noshirlik sohasida kamida uch yil ish tajribasiga ega shaxs tayinlanishi mumkin. Bosh muharrir nashriyotning ijodiy ishlari uchun qonunga muvofiq javobgar hisoblanadi.Ta’kidlanishicha, qonunning qabul qilinishi kitoblarni milliy standartlarga muvofiq chop etish, qonunchilik va ijtimoiy axloqqa zid ma’lumotlar tarqalishini oldini olish hamda nashriyotlarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250807/hayvonlar-identifikatsiya-qonun-51091555.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/13/51348926_58:0:967:682_1920x0_80_0_0_ea46e369cb812977061c2e5b55a11fbd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, o‘zbekiston oliy majlisi senati, kitob
o‘zbekiston, o‘zbekiston oliy majlisi senati, kitob
Senat qo‘mitasi nashriyotlar javobgarligini oshirishni muhokama qildi
16:55 19.08.2025 (yangilandi: 16:56 19.08.2025) Axloqqa zid, o‘quvchi yoshiga nomuvofiq va noto‘g‘ri ma’lumot chop etgan nashriyotlar javobgarlikka tortiladi.
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Bugun Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisida “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun muhokama
qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, nashriyotlarda bosh muharrirning huquqiy maqomi va unga qo‘yiladigan talablar va mas’uliyatiga oid normalarning yo‘qligi ayrim muammolar keltirib chiqarmoqda.
Xususan, kitoblarda qonunchilik va ijtimoiy axloqqa zid, bolalarning yosh xususiyatlarga mos bo‘lmagan, tarixiy faktlar va tibbiyotga oid kitoblarda noto‘g‘ri ma’lumotlar nashr etilishi, shuningdek, chop etilgan kitoblar davlat standartlari talablariga mos emasligi kuzatilmoqda.
Respublikada faoliyat yuritayotgan 590ta nashriyotdan 248tasida bosh muharrir lavozimi yo‘q.
Ishlab chiqilayotgan yangi qonunda bosh muharrir lavozimiga oliy ma’lumotga ega va noshirlik sohasida kamida uch yil ish tajribasiga ega shaxs tayinlanishi mumkin. Bosh muharrir nashriyotning ijodiy ishlari uchun qonunga muvofiq javobgar hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, qonunning qabul qilinishi kitoblarni milliy standartlarga muvofiq chop etish, qonunchilik va ijtimoiy axloqqa zid ma’lumotlar tarqalishini oldini olish hamda nashriyotlarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.