Hayvonlarni identifikatsiya qilish tartibga solindi — qonun

© Depositphotos / SanddebeautheilZolotistiy retriver i koshka
Zolotistiy retriver i koshka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan hayvon egalari 2 million so‘mdan ortiq jarima to‘lash ehtimoli bor. Yangi normalar hayvonlari belgilangan muddatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyatini yuklaydi
TOShKENT, 7 avg – Sputnik. 2025 yil 6-avgust kuni "Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. Hujjat Lex.uz saytida e’lon qilindi.
Qonunda belgilangan tartibga ko‘ra, O‘zbekiston hududida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan saqlanayotgan yoki ko‘paytirilayotgan barcha hayvonlar identifikatsiya qilinishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart:
qoramol, qo‘y, echki va tuyalar - tug‘ilgandan keyin 14 kun ichida;
otlar - tug‘ilgandan 4 oy o‘tgach;
cho‘chqalar - 1 oydan keyin;
itlar va mushuklar - 3 oydan keyin.
Bunda barcha hayvonlar shu ko‘rsatilgan muddatlar o‘tganidan keyin bir oydan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi va ro‘yxatga olinishi kerak.
O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan hayvonlar ham olib kirilgan paytdan boshlab 21 kundan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi shart. Hayvonlar so‘yilgan, nobud bo‘lgan, o‘lgan, yo‘q qilingan yoki mamlakatdan tashqariga olib chiqib ketilgan taqdirda, ular 7 kun ichida hisobdan chiqarilishi kerak.
Identifikatsiya qilish va ro‘yxatga olish hayvon egalarining o‘z mablag‘lari, davlat budjeti mablag‘lari va taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Identifikatsiya qilinmagan va ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hayvonlarni saqlash yoki ko‘paytirish taqiqlanadi. Vakolatli davlat organining vakillari nazorat qilish va hisobga olish uchun hayvonlarning egalari hududiga va ular saqlanadigan joylarga qonunda belgilangan tartibda kirish huquqiga ega.
Bundan tashqari, yil boshida O‘zbekistonning Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilgan edi va ushbu kodeksning 110-moddasiga ko‘ra, fuqarolar hayvonlarni saqlash qoidalarini buzsa, endi BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha jarimalar bilan jazolanadi.
Ma’lumot uchun, 2025-yil 5-fevraldagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan seminarda O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lida faol siyosat olib borayotganligi va ushbu hujjatda belgilanayotgan normalar ham Tashkilot bitimlariga muvofiq ekanligi ta’kidlangan edi. 2025-yilning 21-aprel kuni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida o‘tkazilgan seminar-treningda O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishi uchun mazkur tashkilot qo‘ygan talablarning biriga ko‘ra, mamlakatdagi barcha hayvonlar to‘liq identifikatsiya qilingan bo‘lishi shart ekanligi aytib o‘tilgan edi.
Musodara qilingan hayvonlar Toshkent hayvonot bog‘ida qanday yashamoqda  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2025
Musodara qilingan hayvonlar Toshkent hayvonot bog‘ida qanday yashamoqda — video
Yangiliklar lentasi
0