O‘zbekiston va Tojikiston energetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

© Sputnik / Ramil SitdikovLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Tojikiston energetika vazirlari elektr energiyasi va tabiiy gaz eksporti va importini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Tojikistonning Guliston shahrida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma o‘rtasida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
© Ministerstvo energetiki Respubliki UzbekistanVSTREChA RUKOVODITELEY ENERGETIChESKIX ORGANOV RESPUBLIK UZBEKISTAN I TADJIKISTAN
VSTREChA RUKOVODITELEY ENERGETIChESKIX ORGANOV RESPUBLIK UZBEKISTAN I TADJIKISTAN - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2025
VSTREChA RUKOVODITELEY ENERGETIChESKIX ORGANOV RESPUBLIK UZBEKISTAN I TADJIKISTAN
Uchrashuvda kuz-qish mavsumi uchun elektr energiyasi eksporti va importini muvofiqlashtirish, "Markaziy Osiyoning yagona energiya tizimiga qayta ulanish" loyihasi doirasida yuzaga keladigan texnik masalalar muhokama qilindi
Shuningdek, tomonlar tabiiy gaz yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratishdi.
Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda Tojikiston O‘zbekistondan 267 million kub metr tabiy gaz sotib olgan va bu 2023-yilga nisbatan 47,1 million kub metrga ko‘p.
V Samarkande pristupili k stroitelstvu zavoda po virabotke elektroenergii iz otxodov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2025
Samarqand va Andijonda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi
Yangiliklar lentasi
0