Namanganda noqonuniy diniy saboq bergan "hujralar" aniqlandi

© SputnikNaruchniki visat na dvernoy ruchke
Naruchniki visat na dvernoy ruchke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2025
Obuna bo‘lish
DXX va IIB hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir doirasida 3ta yashirin diniy saboq berish holatlari aniqlangan.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Namangan viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari moddiy manfaatdorlik evaziga noqonuniy diniy ta’limni tashkil etish holatlarini aniqladi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Misol uchun, Namangandagi Baliqchi ko‘chasida yashovchi ayol 15 kishiga dars o‘tgan bo‘lsa, "Ma’rifat" mahallasida yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan ayol 14 nafar voyaga yetmagan bolaga dars tashkil qilib, har biridan 1,5 million so‘mdan pul olib kelgan.
Yangi Namangan tumanida qayd etilgan holatda esa 1983 y.t. shaxs Mehnatobod mahallasidagi yashirin “hujra”da 10 nafar voyaga yetmagan qizlarga va 3 nafar fuqaroga diniy ta’lim berib kelgan.
Uychi tumanidagi "Mashad" mahallasida ham 48 yoshli fuqaro moddiy haq evaziga bolalarni yig‘ib, ularga diniy ta’lim bergan. To‘raqo‘rg‘on va Namangan tumanlarida 1975 va 1981-yillarda tug‘ilgan fuqarolar tomonidan ham shunday qonunbuzarliklar sodir etilgan.
Aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rildi, jumladan, mashg‘ulot tashkilotchilari va bolalarni tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagan ota-onalar javobgarlikka tortildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229²-moddasida diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Ansambl Xast-Imam (Xazret Imam) – duxovniy pamatnik Tashkenta  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2025
O‘zbekistonda diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi ishlab chiqildi
Yangiliklar lentasi
0