https://oz.sputniknews.uz/20250817/ozbekiston-xakasiya-51298973.html
O‘zbekiston hududlari va Xakasiya o‘rtasidagi hamkorlik yanada jadallashadi
O‘zbekiston hududlari va Xakasiya o‘rtasidagi hamkorlik yanada jadallashadi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent–Abakan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yish, Xakasiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari va O‘zbekistonda Xakasiya Respublikasi kunlari o‘tkaziladi. 17.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-17T14:02+0500
2025-08-17T14:02+0500
2025-08-17T14:02+0500
o‘zbekiston - rossiya
jamiyat
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/11/51298802_19:0:1934:1077_1920x0_80_0_0_2ca306bb7712301d381f17f52775e4be.jpg
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Xakasiya Respublikasi rahbari Valentin Konovalov bilan muzokaralar o‘tkazdi."Dunyo” AA xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va boshqa muhim yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.Xakasiya rahbari O‘zbekiston respublikaning doimiy savdo sherigi va MDH davlatlari orasida tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha yetakchi ekanligini ma’lum qildi.Tomonlar qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, oziq-ovqat sanoati, turizm, madaniyat va ta’lim sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashishdi.Shuningdek, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, O‘zbekiston hududlari, xususan, Farg‘ona viloyati va Xakasiya Respublikasi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida iqtisodiy tadbirlarni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.Tomonlar Toshkent–Abakan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yish, Xakasiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari va O‘zbekistonda Xakasiya Respublikasi kunlarini o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250815/rossiya-qurilish-material-shourum-51268314.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/11/51298802_299:0:1735:1077_1920x0_80_0_0_efa8bb7b52c0f8a102bc702f46196a7e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston - rossiya, jamiyat, hamkorlik
o‘zbekiston - rossiya, jamiyat, hamkorlik
O‘zbekiston hududlari va Xakasiya o‘rtasidagi hamkorlik yanada jadallashadi
Toshkent–Abakan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yish, Xakasiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari va O‘zbekistonda Xakasiya Respublikasi kunlari o‘tkaziladi.
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Xakasiya Respublikasi rahbari Valentin Konovalov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
"Dunyo” AA xabariga
ko‘ra, muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va boshqa muhim yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Xakasiya rahbari O‘zbekiston respublikaning doimiy savdo sherigi va MDH davlatlari orasida tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha yetakchi ekanligini ma’lum qildi.
"Biz hamkorlikni yanada kengaytirishga qat’iy qaror qilganmiz", - dedi Konovalov.
Tomonlar qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, oziq-ovqat sanoati, turizm, madaniyat va ta’lim sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashishdi.
Shuningdek, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, O‘zbekiston hududlari, xususan, Farg‘ona viloyati va Xakasiya Respublikasi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida iqtisodiy tadbirlarni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar Toshkent–Abakan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yish, Xakasiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari va O‘zbekistonda Xakasiya Respublikasi kunlarini o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashdi.