Rossiyada O‘zbekiston qurilish materiallari “shourum”i ochiladi

© Foto: “O‘zsanoatqurilishmateriallari”Qurilish materiallari
Qurilish materiallari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston vakillari “shourum” tashkil etish, mahsulotlarni Rossiya va xalqaro bozorlarga chiqarish, qo‘shma ko‘rgazma va tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikka kelishdilar.
TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Kuni kecha Moskva shahrida Butunrossiya milliy qurilish siyosati markazi rahbari Aleksandr Moor va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruvi raisi Ilos Rahimov uchrashdi. Bu haqda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Rossiya hududida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish materiallarini targ‘ib qilish va sotish uchun maxsus “shourum” tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, bu savdo maydoni O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini namoyish etish, rossiyalik hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish va ikki tomonlama savdo hajmini oshirishga xizmat qiladi.
Muzokaralar chog‘ida “shourum” faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur tashkiliy ishlar, shu jumladan transport logistikasi masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Tomonlar qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish, O‘zbekiston mahsulotlarini Rossiya va xalqaro bozorlarga chiqarish, mutaxassislar malakasini oshirish, qo‘shma ko‘rgazma va tadbirlar o‘tkazish hamda mahsulot turlariga oid loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikka kelishdilar.
Mazkur loyiha Rossiya va O‘zbekiston qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikka zamin yaratadi.
Stroitel  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda qurilish ishlari hajmi oshdi
Yangiliklar lentasi
0