Samarqand va Andijonda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

© SputnikV Samarkande pristupili k stroitelstvu zavoda po virabotke elektroenergii iz otxodov.
V Samarkande pristupili k stroitelstvu zavoda po virabotke elektroenergii iz otxodov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2025
Obuna bo‘lish
Samarqand shahri va Andijon viloyatida chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladigan zavodlarning qurilishi boshlandi. Ularni 2025-2027 yillarda foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.
TOShKENT, 5 avg – Sputnik. Samarqand shahridagi 15 gektar va Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi 17 gektar yer maydonida chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladigan zavodlarning qurilish jarayonlari boshlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Loyihalar Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda Xitoyning yetakchi kompaniyalari o‘rtasidagi kelishuvlar asosida amalga oshirilmoqda.
Xususan, Samarqandda "Shanghai SUS Environment" kompaniyasi 150 million dollar investitsiya kiritib, qurilish ishlarini olib bormoqda. Andijonda 140 million dollar investitsiya kiritgan "China International Camce" kompaniyasi ushbu loyihani amalga oshirmoqda.
Korxonalarning har biri kuniga 1 ming 500 tonnagacha qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlab, yiliga 240 million kilovatt soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Har bir zavodda 150 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Obyektlarni 2025-2027 yillarda foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.
Korxonalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 30-yil davomida "O‘zenergosotish" AJ sotib oladi.
Qayd etilishicha, ushbu tashabbuslar "yashil iqtisodiyot" tamoyillariga mos keladi, O‘zbekistonning ekologik barqarorligini ta’minlashga va kelajak avlodlar uchun toza va sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Joriy yil 24-mart kuni qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarorlari qabul qilingan edi.
Lampa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2025
Chiqindidan qarzdorlarga elektr energiyasi uchun to‘lovlar cheklanadi
Yangiliklar lentasi
0