Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Alyaskadagi sammit Rossiya uchun g‘alaba bo‘ladi – NYT

© POOL / Mediabankka o‘tishPutin priletel v Magadan pered vstrechey s Trampom na Alyaske
Putin priletel v Magadan pered vstrechey s Trampom na Alyaske
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2025
Obuna bo‘lish
Tak’idlanshicha, sammit NATOni parchaladi va Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishni ortga surdi.
TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning juma kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi Rossiyaga diplomatik g‘alaba keltiradi, hatto agar tomonlar Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishmasa. Bu haqda “The New York Times” gazetasi yozmoqda.
Nashrning yozishicha, muzokaralarning o‘zi Moskvani xalqaro yakkalashdan olib chiqadi va Trampga shaxsan ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Sammit NATOni parchaladi va Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishni ortga surdi.
Ikki hafta ilgari Tramp cheklovlar bilan tahdid qilgandi, agar Rossiyaga sulhga rozi bo‘lmasa, biroq endi bu bosim susaydi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Putin va Tramp uchrashuvi Ankorijda 15-avgust kuni Moskva vaqti bilan 22:30 da boshlanishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvning asosiy mavzusi Ukraina mojarosi bo‘ladi, biroq Putin va Tramp “dunyo xavfsizligi va tinchligini ta’minlash uchun ko‘plab vazifalar hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qiladi”.
Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Milliyet: Putin Tramp bilan muzokaralar stoliga g‘olib sifatida o‘tiradi
Yangiliklar lentasi
0