https://oz.sputniknews.uz/20250811/milliyet-putin-tramp-bilan-muzokaralar-stoliga-golib-sifatida-otiradi-51173377.html
Milliyet: Putin Tramp bilan muzokaralar stoliga g‘olib sifatida o‘tiradi
Milliyet: Putin Tramp bilan muzokaralar stoliga g‘olib sifatida o‘tiradi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Alyaskada amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan muzokaralar stoliga g‘olib sifatida o‘tiradi, Vladimir Zelenskiy esa Ukraina kelajagi hal qilinadigan sammitga taklif qilinganlar qatorida emas.
2025-08-11T16:09+0500
2025-08-11T16:09+0500
2025-08-13T11:15+0500
rossiya
ukraina
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
aqsh
dunyo yangiliklari
dunyoda
vladimir putin
donald tramp
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1186/98/11869837_0:116:3230:1933_1920x0_80_0_0_a90d3b10d5c2d55061964838960515a2.jpg
TOShKENT, 11 avg – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Alyaskada amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan muzokaralar stoliga g‘olib sifatida o‘tiradi, Vladimir Zelenskiy esa Ukraina kelajagi hal qilinadigan sammitga taklif qilinganlar qatorida emas, deb yozadi RIA Novosti Turkiyaning "Milliyet" gazetasi maqolasiga tayanibKreml va Oq uy avvalroq Putin va Tramp 15-avgust kuni Alyaskada uchrashishi haqida xabar bergandi. Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiyaga tashrifi chog‘ida Kremlda Putin, Tramp va Vladimir Zelenskiyning uch tomonlama uchrashuvi variantini tilga olgan, biroq Rossiya tomoni ushbu tashabbusni izohsiz qoldirib, ikki tomonlama sammitga tayyorgarlik ko‘rishga e’tibor qaratishni taklif qilgan. Putin Zelenskiy bilan uchrashishi mumkinligini, ammo bunday muzokaralar uchun sharoitlar bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Zelenskiyning o‘zi Putin va Tramp uchrashuvi arafasida, hududlar borasida yon bermasligini aytdi.Jurnalist Ozay Shendirning ta’kidlashicha, Ukrainadagi mojaro boshlanganidan beri G‘arb Rossiyaga qarshi blok sifatida harakat qilmoqda.AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens Buyuk Britaniyadagi muzokaralar chog‘ida Ukrainadagi mojaroni tugatish masalasida jiddiy muvaffaqiyatga erishdi, deb yozadi "Axios" AQSh rasmiysiga tayanib.Avvalroq Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi shanba kuni Kiyev va Yevropa vakillari bilan Ukraina masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazganini ma’lum qilgan edi. Muzokaralarda Zelenskiy ofisi rahbari Andrey Yermak, Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri va Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov, shuningdek, Vens hamda milliy xavfsizlik bo‘yicha yevropalik maslahatchilar ishtirok etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250809/putin-tramp-uchrashuv-51138168.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1186/98/11869837_250:0:2981:2048_1920x0_80_0_0_45814d230f3fedd88566d1543a8f144d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya prezidenti vladimir putin alyaska donald tramp ukraina
rossiya prezidenti vladimir putin alyaska donald tramp ukraina
Milliyet: Putin Tramp bilan muzokaralar stoliga g‘olib sifatida o‘tiradi
16:09 11.08.2025 (yangilandi: 11:15 13.08.2025) Milliyet: Putin Alyaskada Tramp bilan muzokaralar stoliga g‘olib sifatida o‘tiradi.
TOShKENT, 11 avg – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Alyaskada amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan muzokaralar stoliga g‘olib sifatida o‘tiradi, Vladimir Zelenskiy esa Ukraina kelajagi hal qilinadigan sammitga taklif qilinganlar qatorida emas,
deb yozadi RIA Novosti Turkiyaning "Milliyet" gazetasi maqolasiga tayanib
Kreml va Oq uy avvalroq Putin va Tramp 15-avgust kuni Alyaskada uchrashishi haqida xabar bergandi. Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiyaga tashrifi chog‘ida Kremlda Putin, Tramp va Vladimir Zelenskiyning uch tomonlama uchrashuvi variantini tilga olgan, biroq Rossiya tomoni ushbu tashabbusni izohsiz qoldirib, ikki tomonlama sammitga tayyorgarlik ko‘rishga e’tibor qaratishni taklif qilgan. Putin Zelenskiy bilan uchrashishi mumkinligini, ammo bunday muzokaralar uchun sharoitlar bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Zelenskiyning o‘zi Putin va Tramp uchrashuvi arafasida, hududlar borasida yon bermasligini aytdi.
"Tramp poker o‘yinchisi kabi siyosat yuritmoqda: saftata gapiradi, oll-in qiladi (o‘yinchi o‘zida qolgan barcha fishkalarni garovga qo‘yadigan vaziyat - tahr.), qo‘l ko‘tarishga harakat qiladi, lekin faqat o‘yindan chiqish uchun. Putin siyosatda ko‘proq shaxmatchiga o‘xshaydi: o‘z yurishlari oldindan hisob-kitob qilingan, u omad omiliga ishonmaydi, raqiblarni alohida tahlil qiladi va shunga asoslanib strategiyasini belgilaydi", - deb yozadi nashr.
Jurnalist Ozay Shendirning ta’kidlashicha, Ukrainadagi mojaro boshlanganidan beri G‘arb Rossiyaga qarshi blok sifatida harakat qilmoqda.
"Bugungi kunda G‘arb butunlay parishonlikka tushib qolgan, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Trampdan Ukraina bilan maslahatlashmasdan rejaga rozi bo‘lmaslikni so‘ramoqda va Trampni Ukrainaga NATOga a’zo bo‘lish yo‘lini yopishi mumkin bo‘lgan kelishuvdan ogohlantirmoqda. Yevropa Ittifoqi va Zelenskiy hech bir hudud yo‘qotilmasligi kerak, deb hisoblaydi; Tramp esa Rossiya butun Ukrainani okkupatsiya qilmagani orqali allaqachon yon bergan, deb hisoblamoqda va hozirgi front chizig‘i Rossiya chegarasidan o‘tishiga qarshi... U Ukraina hududining bir qismidan voz kechishni kelishuv uchun real asos sifatida ko‘radi", - deya ta’kidlaydi muallif.
"Ukraina prezidenti Ukrainaning kelajagi hal qilinadigan Alyaskadagi sammitga taklif qilinganlar orasida yo‘q. Sammit natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Putin muzokaralar stoliga g‘olib sifatida o‘tiradi," - deya ta’kidladi jurnalist.
AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens Buyuk Britaniyadagi muzokaralar chog‘ida Ukrainadagi mojaroni tugatish masalasida jiddiy muvaffaqiyatga erishdi, deb yozadi "Axios" AQSh rasmiysiga tayanib.
Avvalroq Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi shanba kuni Kiyev va Yevropa vakillari bilan Ukraina masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazganini ma’lum qilgan edi. Muzokaralarda Zelenskiy ofisi rahbari Andrey Yermak, Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri va Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov, shuningdek, Vens hamda milliy xavfsizlik bo‘yicha yevropalik maslahatchilar ishtirok etdi.