https://oz.sputniknews.uz/20250814/ozbekiston-gonkong-aviaqatnovlar-51223387.html
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Gonkong bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar va xalqaro standartlar asosida mutaxassislar tayyorlaydigan Xalqaro aviatsiya akademiyasini tashkil etish masalalari... 14.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-14T10:04+0500
2025-08-14T10:04+0500
2025-08-14T13:37+0500
o‘zbekiston
xitoy
gonkong
aviareys
aviayo‘nalish
aqsh
transport vazirligi
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/10/49392451_23:0:3664:2048_1920x0_80_0_0_746782129973ae4d19023b3691886906.jpg
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.12 avgust kuni O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev "JDB Group Limited" kompaniyasi raisi o‘rinbosari Chang Man Xin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu kompaniya Xitoy Xalq Respublikasining maxsus ma’muriy hududi bo‘lgan Gonkongda joylashgan. Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston, Gonkong va potensial xalqaro hamkorlar ishtirokida aviatsiya sohasida istiqbolli loyihalarni muhokama qildilar. Muntazam yo‘lovchi va yuk aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini batafsil ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Bunday reyslar logistikani rivojlantirish, sayyohlarni jalb qilish va mamlakatlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda. Ushbu tashuvlarni amalga oshirish uchun ustuvor hamkor-operator sifatida "Hong Kong Airlines" aviakompaniyasi taklif etildi. Bundan tashqari, uchrashuvda O‘zbekiston hududida Xalqaro aviatsiya akademiyasini tashkil etish tashabbusi ko‘rib chiqildi. Akademiya xalqaro standartlar -AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) va Xalqaro ekspluatatsiya xavfsizligi auditi dasturi (IOSA) — asosida uchuvchilar, texniklar, stuardessalar, yer usti xodimlari va aviatsiya menejerlarini tayyorlaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20250812/toshkent-yangi-aeroporti-51194713.html
o‘zbekiston
xitoy
gonkong
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/10/49392451_933:0:3664:2048_1920x0_80_0_0_63fb069e2167caaed707ebdaf1e20116.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, xitoy, gonkong, aviareys, aviayo‘nalish, aqsh, transport vazirligi, jamiyat
o‘zbekiston, xitoy, gonkong, aviareys, aviayo‘nalish, aqsh, transport vazirligi, jamiyat
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
10:04 14.08.2025 (yangilandi: 13:37 14.08.2025) Gonkong bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar va xalqaro standartlar asosida mutaxassislar tayyorlaydigan Xalqaro aviatsiya akademiyasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
12 avgust kuni O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev "JDB Group Limited" kompaniyasi raisi o‘rinbosari Chang Man Xin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu kompaniya Xitoy Xalq Respublikasining maxsus ma’muriy hududi bo‘lgan Gonkongda joylashgan.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston, Gonkong va potensial xalqaro hamkorlar ishtirokida aviatsiya sohasida istiqbolli loyihalarni muhokama qildilar.
Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri Gonkong va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi bo‘ldi. Mamlakatda Xalqaro aviatsiya akademiyasini tashkil etish g‘oyasi ham muhokama qilindi.
Muntazam yo‘lovchi va yuk aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini batafsil ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Bunday reyslar logistikani rivojlantirish, sayyohlarni jalb qilish va mamlakatlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Ushbu tashuvlarni amalga oshirish uchun ustuvor hamkor-operator sifatida "Hong Kong Airlines" aviakompaniyasi taklif etildi. Bundan tashqari, uchrashuvda O‘zbekiston hududida Xalqaro aviatsiya akademiyasini tashkil etish tashabbusi ko‘rib chiqildi.
Akademiya xalqaro standartlar -AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) va Xalqaro ekspluatatsiya xavfsizligi auditi dasturi (IOSA) — asosida uchuvchilar, texniklar, stuardessalar, yer usti xodimlari va aviatsiya menejerlarini tayyorlaydi.