https://oz.sputniknews.uz/20250812/toshkent-yangi-aeroporti-51194713.html
Toshkentning yangi aeroporti O‘rta Chirchiq tumanida qurilishi mumkin
Toshkentning yangi aeroporti O‘rta Chirchiq tumanida qurilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Yangi aeroport 2030-yilgacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 169 ta samolyotga xizmat ko‘rsata oladi, soatiga 40 tadan ortiq parvoz va qo‘nishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi hamda birlamchi o‘tkazish quvvati yiliga 20 million nafar yo‘lovchiga yetadi.
2025-08-12T16:26+0500
2025-08-12T16:26+0500
2025-08-12T16:26+0500
jamiyat
toshkent
aeroport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/15/36145701_0:129:3185:1921_1920x0_80_0_0_60c21744f3f31444a617c43653e82fa2.jpg
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida qariyb 1200 gektar maydonda yangi aeroport qurilishi boshlanishi mumkin. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev 11-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Hokimlik soatida ma’lum qildi.Shuningdek, aeroport qurilishi bilan parallel ravishda Bekobod, Bo‘ka, Piskent, Nurafshon va Toshkent tumanlarini bog‘laydigan temir yo‘l liniyasini yotqizish ham rejalashtirilgan. Ishlar 2026-yilda boshlanishi belgilangan.Avvalroq transport vaziri Ilhom Mahkamov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida yangi aeroport Toshkent shahridan 17 kilometr janubda qurilishi haqida ma’lum qilgan edi.“Uzbekistan Airports” kompaniyasi rahbari Javlonbek Umarxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtdagi amaldagi aeroport yiliga 11 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega, ammo uni kengaytirishning iloji yo‘q.Yangi aeroport 2030-yilgacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 169 ta samolyotga xizmat ko‘rsata oladi, soatiga 40 tadan ortiq parvoz va qo‘nishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi hamda birlamchi o‘tkazish quvvati yiliga 20 million nafar yo‘lovchiga yetadi.Loyihani davlat-xususiy sheriklik modeli asosida amalga oshirish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250808/yangi-aeroportlar-51114745.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/15/36145701_228:0:2959:2048_1920x0_80_0_0_75ef9540e9e53a9cd3ca5770b528709e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkentning yangi aeroporti o‘rta chirchiq tumani
toshkentning yangi aeroporti o‘rta chirchiq tumani
Toshkentning yangi aeroporti O‘rta Chirchiq tumanida qurilishi mumkin
Toshkent viloyati hokimi Toshkent viloyatida 1200 gektar maydonda yangi aeroport qurilishi mumkinligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida qariyb 1200 gektar maydonda yangi aeroport qurilishi boshlanishi mumkin. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev 11-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Hokimlik soatida
ma’lum qildi.
Shuningdek, aeroport qurilishi bilan parallel ravishda Bekobod, Bo‘ka, Piskent, Nurafshon va Toshkent tumanlarini bog‘laydigan temir yo‘l liniyasini yotqizish ham rejalashtirilgan. Ishlar 2026-yilda boshlanishi belgilangan.
Avvalroq transport vaziri Ilhom Mahkamov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida yangi aeroport Toshkent shahridan 17 kilometr janubda qurilishi haqida ma’lum qilgan edi.
“Uzbekistan Airports” kompaniyasi rahbari Javlonbek Umarxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtdagi amaldagi aeroport yiliga 11 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega, ammo uni kengaytirishning iloji yo‘q.
Yangi aeroport 2030-yilgacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 169 ta samolyotga xizmat ko‘rsata oladi, soatiga 40 tadan ortiq parvoz va qo‘nishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi hamda birlamchi o‘tkazish quvvati yiliga 20 million nafar yo‘lovchiga yetadi.
Loyihani davlat-xususiy sheriklik modeli asosida amalga oshirish rejalashtirilgan.