https://oz.sputniknews.uz/20250813/ozbekiston-toqimachilik-51213320.html
O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasida "dolzarb yuz kunlik" e’lon qilindi
O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasida "dolzarb yuz kunlik" e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident to‘qimachilik sanoatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muhokama qildi. Sohaga bir qator imtiyozlar berildi va tarmoqda “dolzarb yuz kunlik” dasturi... 13.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-13T15:04+0500
2025-08-13T15:04+0500
2025-08-13T15:05+0500
o‘zbekiston
paxta
tekstil
iqtisod
to‘qimachilik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/0d/51215778_0:131:2500:1537_1920x0_80_0_0_a3dde32cb49018a2b9e59e9fa95240b1.jpg
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyotning 3 foizi va sanoat ishlab chiqarishining 14 foizini tashkil etadigan to‘qimachilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.So‘nggi besh yilda sohada 3,5 milliard dollar investitsiya jalb qilinib, 396 yirik korxona ishga tushirildi, ishlab chiqarish hajmi 10 milliard dollarga yetdi. Sohada 500 mingdan ortiq odam band. Bu sanoatda band jami aholining 20 foiziga teng.Shu bilan birga, so‘nggi yillarda ishlab chiqarish va eksport sur’atlari sekinlashdi. Asosiy sabab — oxirgi uch yilda jahon bozorida paxta narxi tonnasi 3000 dollardan 1500 dollarga tushgani.Prezident qayta ishlash quvvatlariga ega bo‘lmagan, ammo arzon davlat resurslari hisobiga paxta bilan spekulyatsiya qilayotgan ayrim shaxslarni tanqid qildi. Shuningdek, to‘qimachilik korxonalarida tijorat kreditlari bo‘yicha 2,2 milliard dollar qarz mavjudligi, kreditlarning 90–95 foizi xorijiy valyutada ekani, korxonalarning faqat 16 foizi xalqaro sertifikatga ega ekani qayd etildi.Har bir viloyatda 10-15 tadan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi borligi bilan ularning brendlar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy standartlarga o‘tkazish ishlari oqsayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Andijon, Namangan, Farg‘ona, Navoiy va Toshkentda qayta ishlash quvvatlari xomashodan 2–2,5 baravar ortiq bo‘lsa-da, hokimlar hali ham ip-kalava loyihalarini taklif qilayotganligiga e’tiroz bildirildi.Prezident iqtisodiy blokka ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda bozordagi beqarorlik sharoitida aniq ssenariy va choralar ishlab chiqishni topshirdi.Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi va banklarga hisoblanadigan foizlar esa asosiy qarz to‘liq qoplanganidan keyin undiriladi. Bu orqali klasterlarda yiliga 800 milliard so‘m aylanma mablag‘ qoladi. Agar klasterlar ham asosiy qarz, ham foizini o‘z vaqtida to‘lasa, foizning Jamg‘armaga ketadigan qismining yarmi tadbirkorga qaytariladi.Agar klasterlar asosiy qarz va foizni o‘z vaqtida to‘lasa, Jamg‘armaga ketadigan foizning yarmi tadbirkorga qaytariladi. Faoliyatini barqarorlashtirish mumkin bo‘lgan korxonalarning kredit muddati 7-yilgacha uzaytiriladi.Fermerlarga paxtani o‘z vaqtida, yo‘qotishlarsiz yig‘ib olish uchun tonnasiga 1 million so‘m subsidiya beriladi. Agar korxona o‘z mablag‘i hisobidan paxta yetishtirsa yoki xarid qilsa, xomashyo qiymatining 10 foizi qoplab beriladi.Endilikda to‘qimachilik zanjiridagi barcha korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz qilib belgilanadi. Xodimlarining farzandlari uchun bog‘cha ochgan to‘qimachilik korxonalariga har bir tarbiyalanuvchi uchun subsidiya beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250526/ozbekiston-milliy-mahsulot-savdo-markaz-49542705.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/0d/51215778_139:0:2362:1667_1920x0_80_0_0_6c4b4f25663ab22405c82566cc990572.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, paxta, tekstil, iqtisod, to‘qimachilik
o‘zbekiston, paxta, tekstil, iqtisod, to‘qimachilik
O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasida "dolzarb yuz kunlik" e’lon qilindi
15:04 13.08.2025 (yangilandi: 15:05 13.08.2025) Prezident to‘qimachilik sanoatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muhokama qildi. Sohaga bir qator imtiyozlar berildi va tarmoqda “dolzarb yuz kunlik” dasturi e’lon qilindi.
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyotning 3 foizi va sanoat ishlab chiqarishining 14 foizini tashkil etadigan to‘qimachilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
So‘nggi besh yilda sohada 3,5 milliard dollar investitsiya jalb qilinib, 396 yirik korxona ishga tushirildi, ishlab chiqarish hajmi 10 milliard dollarga yetdi. Sohada 500 mingdan ortiq odam band. Bu sanoatda band jami aholining 20 foiziga teng.
Shu bilan birga, so‘nggi yillarda ishlab chiqarish va eksport sur’atlari sekinlashdi. Asosiy sabab — oxirgi uch yilda jahon bozorida paxta narxi tonnasi 3000 dollardan 1500 dollarga tushgani.
Prezident qayta ishlash quvvatlariga ega bo‘lmagan, ammo arzon davlat resurslari hisobiga paxta bilan spekulyatsiya qilayotgan ayrim shaxslarni tanqid qildi. Shuningdek, to‘qimachilik korxonalarida tijorat kreditlari bo‘yicha 2,2 milliard dollar qarz mavjudligi, kreditlarning 90–95 foizi xorijiy valyutada ekani, korxonalarning faqat 16 foizi xalqaro sertifikatga ega ekani qayd etildi.
Har bir viloyatda 10-15 tadan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi borligi bilan ularning brendlar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy standartlarga o‘tkazish ishlari oqsayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona, Navoiy va Toshkentda qayta ishlash quvvatlari xomashodan 2–2,5 baravar ortiq bo‘lsa-da, hokimlar hali ham ip-kalava loyihalarini taklif qilayotganligiga e’tiroz bildirildi.
Prezident iqtisodiy blokka ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda bozordagi beqarorlik sharoitida aniq ssenariy va choralar ishlab chiqishni topshirdi.
Davlat rahbarining topshirig‘iga binoan, to‘qimachilik sohasida faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq tadbirkorning fikri o‘rganildi. Ular bildirgan takliflar asosida tarmoqda “dolzarb yuz kunlik” dasturi e’lon qilindi.
Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi va banklarga hisoblanadigan foizlar esa asosiy qarz to‘liq qoplanganidan keyin undiriladi. Bu orqali klasterlarda yiliga 800 milliard so‘m aylanma mablag‘ qoladi. Agar klasterlar ham asosiy qarz, ham foizini o‘z vaqtida to‘lasa, foizning Jamg‘armaga ketadigan qismining yarmi tadbirkorga qaytariladi.
Agar klasterlar asosiy qarz va foizni o‘z vaqtida to‘lasa, Jamg‘armaga ketadigan foizning yarmi tadbirkorga qaytariladi. Faoliyatini barqarorlashtirish mumkin bo‘lgan korxonalarning kredit muddati 7 yilgacha uzaytiriladi.
Fermerlarga paxtani o‘z vaqtida, yo‘qotishlarsiz yig‘ib olish uchun tonnasiga 1 million so‘m subsidiya beriladi. Agar korxona o‘z mablag‘i hisobidan paxta yetishtirsa yoki xarid qilsa, xomashyo qiymatining 10 foizi qoplab beriladi.
Endilikda to‘qimachilik zanjiridagi barcha korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz qilib belgilanadi.
Xodimlarining farzandlari uchun bog‘cha ochgan to‘qimachilik korxonalariga har bir tarbiyalanuvchi uchun subsidiya beriladi.