O‘zbekistonda faqat milliy mahsulotlar sotiladigan yirik savdo markazlari ishga tushiriladi

© Sputnik / Baxrom XatamovVishivka ot Madini Kasimbayevoy
Vishivka ot Madini Kasimbayevoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2025
Obuna bo‘lish
Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, milliy brendlarni ko‘paytirish, mavjudlarini xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi.
Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil etiladi.
Ushbu kompaniya:
xorijdan brend-menejer, dizayner, marketolog, piar-menejerlarni olib keladi;
xalqaro sertifikati bor, sifati yuqori va tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lgan kamida 50 ta milliy mahsulotni tanlab oladi;
ularga sifat belgisini berib, brendini dunyoga tanitish uchun katta targ‘ibot kampaniyasini boshlaydi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda mamlakatda tayyor kiyim kechak, charm-attorlik mahsulotlari va poyabzal ishlab chiqaradigan 4 mingdan ziyod korxona bor.
Lekin ularni aholiga tanitib, keng tanlov imkonini beradigan, milliy mahsulotlar bir joyda sotiladigan savdo markazlari yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.
“Shu bois, faqat milliy mahsulotlar sotiladigan “Mall of Uzbekistan” yirik savdo markazlari ishga tushiriladi. Bu yerdagi savdo do‘konlari tadbirkorlarga minimal narxda ijaraga beriladi”, — deyiladi xabarda.
Ishchilarining 15 foizi ehtiyojmand oiladan bo‘lgan to‘qimachilik va charm-poyabzal korxonalariga foyda solig‘i 2 foiz, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilangan.
Endilikda to‘qimachilik va charm korxonalariga ehtiyojmand odamlarni ishga olish bo‘yicha 15 foizli meyor 2 barobar kamaytiriladi. Bundan buyon imtiyoz olish uchun korxonada ehtiyojmand odamlar bilan birga nogironligi bor ishchilar ham hisobga olinadi.
Yangiliklar lentasi
0