https://oz.sputniknews.uz/20250813/buxoro-viloyati-51204060.html
Buxoro viloyatida 1,7 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
Buxoro viloyatida 1,7 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident 12-avgust kuni Buxoro viloyatida yangi tashabbuslarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda jami 1,7 milliard dollarlik 21 ta investitsiya loyihasi... 13.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-13T10:01+0500
2025-08-13T10:01+0500
2025-08-13T10:40+0500
o‘zbekiston
iqtisod
buxoro viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/0d/51207556_0:65:3070:1792_1920x0_80_0_0_5871000cbf315db0309146374ce7edd6.jpg
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatidagi islohotlar natijadorligi va yangi tashabbuslarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, Sso‘nggi sakkiz yil ichida mintaqaga 8 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb qilindi, sanoat sohasida 6 mingta yangi korxona ochildi, ishlab chiqarish hajmi esa olti barobardan ziyod oshdi.2024 yil dekabr oyida tasdiqlangan qaror doirasida joriy yilning birinchi olti oyida viloyatda 198 ta yangi sanoat korxonasi ochildi va yalpi hududiy mahsulot hajmi 6,4 foizga o‘sdi.Davlat rahbari tashabbusiga muvofiq tuzilgan “Islohotlar shtabi” Buxoroda ham qo‘shimcha imkoniyatlarni yuzaga chiqarmoqda. Yig‘ilishda jami 1,7 milliard dollarlik 21 ta investitsiya loyihasi taqdimot qilindi. Ularning amalga oshirilishi 32 mingta ish o‘rni yaratish va 180 million dollarlik eksport salohiyatini ta’minlash imkonini beradi. Agrar sohani rivojlantirishda 10 ming gektarda uzumzor, 5 ming gektarda o‘rik, gilos, anjir va boshqa eksportbop mevalar yetishtiriladigan bog‘lar barpo etiladi. Bundan tashqari, yana 5 mingta xonadonda issiqxona qurish rejalashtirilgan.Turizm uchun prezident xorijiy investorlarni mintaqada yirik savdo va ko‘ngilochar bog‘ yaratishga jalb qilishni taklif qildi. Sanoatda yirik neft-gaz va energetika obyektlari, jumladan, qurilayotgan 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari atrofida kichik korxonalarni joylashtirib, sanoatni rivojlantirish mumkinligi aytildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250731/yangi-loyihalar-ish-orinlari-samarqand-viloyati-50958703.html
o‘zbekiston
buxoro viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/0d/51207556_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_b868a2737d843f6e1161bfbfc6642643.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, iqtisod, buxoro viloyati
o‘zbekiston, iqtisod, buxoro viloyati
Buxoro viloyatida 1,7 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
10:01 13.08.2025 (yangilandi: 10:40 13.08.2025) Prezident 12-avgust kuni Buxoro viloyatida yangi tashabbuslarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda jami 1,7 milliard dollarlik 21 ta investitsiya loyihasi taqdimot qilindi.
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatidagi islohotlar natijadorligi va yangi tashabbuslarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Sso‘nggi sakkiz yil ichida mintaqaga 8 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb qilindi, sanoat sohasida 6 mingta yangi korxona ochildi, ishlab chiqarish hajmi esa olti barobardan ziyod oshdi.
2024 yil dekabr oyida tasdiqlangan qaror doirasida joriy yilning birinchi olti oyida viloyatda 198 ta yangi sanoat korxonasi ochildi va yalpi hududiy mahsulot hajmi 6,4 foizga o‘sdi.
Davlat rahbari tashabbusiga muvofiq tuzilgan “Islohotlar shtabi” Buxoroda ham qo‘shimcha imkoniyatlarni yuzaga chiqarmoqda. Yig‘ilishda jami 1,7 milliard dollarlik 21 ta investitsiya loyihasi taqdimot qilindi. Ularning amalga oshirilishi 32 mingta ish o‘rni yaratish va 180 million dollarlik eksport salohiyatini ta’minlash imkonini beradi.
Turkiyalik investorlar ishtirokida grafit qazib olish va qayta ishlash, Vyetnam kompaniyasi tomonidan turar-joy majmuasi va hindistonlik investor tomonidan jarrohlik markazi qurilishi rejalashtirgan. 217 gektar maydonda 260 ta loyihani amalga oshirib, 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan.
Agrar sohani rivojlantirishda 10 ming gektarda uzumzor, 5 ming gektarda o‘rik, gilos, anjir va boshqa eksportbop mevalar yetishtiriladigan bog‘lar barpo etiladi. Bundan tashqari, yana 5 mingta xonadonda issiqxona qurish rejalashtirilgan.
Turizm uchun prezident xorijiy investorlarni mintaqada yirik savdo va ko‘ngilochar bog‘ yaratishga jalb qilishni taklif qildi. Sanoatda yirik neft-gaz va energetika obyektlari, jumladan, qurilayotgan 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari atrofida kichik korxonalarni joylashtirib, sanoatni rivojlantirish mumkinligi aytildi.