Kelasi yili Toshkent, Buxoro va Urganchda yangi aeroportlar qurilishi boshlanadi

© Press-slujba "Uzbekistan Airports"Privokzalnaya ploshad terminala vnutrennix avialiniy otkrita posle rekonstruksii.
Privokzalnaya ploshad terminala vnutrennix avialiniy otkrita posle rekonstruksii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2025
Obuna bo‘lish
Ichki havo yo‘lovchi tashishlar hajmini kamida 1,5 baravarga ko‘paytirish ham rejalashtirilgan.
TOShKENT, 8 avg – Sputnik. 2026-yilda Toshkent, Buxoro va Urganch shaharlarida yangi aeroportlar qurilishini boshlash rejalashtirilmoqda. Bu O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026−2028 yillarga mo‘ljallangan fiskal strategiyasidan ma’lum bo‘ldi.
Hujjatda keltirilishicha, kelasi yil Toshkent, Buxoro va Urganch shaharlarida yangi xalqaro aeroportlar qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga kirishish ko‘zda tutilgan.
Qolaversa, hukumat ichki havo yo‘lovchi tashishlar hajmini kamida 1,5 baravarga ko‘paytirish va aviatsiya xizmatlari bozorida raqobatli muhit yaratish maqsadida kamida 6 ta xalqaro aviakompaniyani jalb etishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida yangi aeroport qurilishi ma’lum bo‘lgandi. Uni 2030-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqichda aeroport yiliga 20 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozir investorlarning takliflari ko‘rib chiqilmoqda.
Aeroport Sariosiyo vozobnovil rabotu spustya 30 let  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2025
Sariosiyo aeroporti 30-yildan so‘ng faoliyatini tikladi
Yangiliklar lentasi
0