Sankt-Peterburgda migrantlarga kuryer bo‘lib ishlash taqiqlandi

© Sputnik / Aleksey DanichevKuryeri
Kuryeri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2025
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburg hukumati xorijliklarga kuryer bo‘lib ishlash taqiqladi. Rasmiylar bu yashirin bandlikni kamaytirishga va rossiyaliklarga ko‘proq ish o‘rinlari berishga yordam berishiga ishonmoqda.
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Sankt-Peterburg shahrida chet el fuqarolari uchun taqiqlangan kasblar ro‘yxati kengaytirildi. Gubernator Aleksandr Beglov chet el fuqarolariga kuryer bo‘lib ishlashni taqiqlovchi qarorni imzoladi - jumladan, turli transport vositalarida oziq-ovqat va yuklarni yetkazib berish. Bu haqda Sankt-Peterburg gubernatori matbuot xizmati xabar bermoqda
Cheklov 2025-yil oxirigacha amal qiladigan taksi sohasida ishlashga qo‘yilgan taqiqni to‘ldirdi.
Rasmiylarga ko‘ra, chora “yashirin bandlikka qarshi kurashish, xizmatlar sifati va xavfsizligini oshirish, hamda rossiyaliklar, birinchi navbatda, yoshlar va talabalar uchun ish o‘rinlari yaratishga” qaratilgan.
Qarorda ta’kidlanishicha, xorijiy kuryerlar ushbu sohada jami band bo‘lganlarning kichik qismini tashkil etadi, shuning uchun taqiq bozorga ta’sir qilmaydi.
Biznesga moslashish uchun uch oylik o‘tish davri berildi. Bunga o‘xshash cheklovlar Rossiyaning boshqa ayrim hududlarida ham amal qiladi.
Protsess oformleniya trudovix migrantov

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2025
Rossiyadagi noqonuniy migrantlar ogohlantirildi
Yangiliklar lentasi
0