O‘zbekiston va Hindiston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2025
Obuna bo‘lish
Suhbat davomida O‘zbekiston-Hindiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish muhokama qilindi.
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, suhbat avvalida Mirziyoyev Modi va do‘st Hindiston xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram - mamlakat Mustaqilligi kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.
Siyosatchilar O‘zbekiston-Hindiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishdi.
Yetakchilar farmatsevtika va kimyo sanoati, raqamli iqtisodiyot, energetika, konchilik, qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va amalga oshirishga alohida e’tibor qaratishdi.
Qayd etilishicha, suhbat davomida "Shimol-Janub" yo‘lagi doirasida samarali transport-tranzit yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.
Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini Toshkent shahrida samarali o‘tkazish muhimligi qayd etildi. Madaniyat va kino kunlarini o‘zaro tashkil etish, hududlar darajasida almashinuvlarni faollashtirish taklif qilindi.
Mirziyoyev va Modi mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar hamda bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqishdi.
4-y ministerskiy dialog Sentralnaya Aziya - Indiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2025
Baxtiyor Saidov “Markaziy Osiyo – Hindiston” vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi
Yangiliklar lentasi
0