https://oz.sputniknews.uz/20250804/ozbekiston-51025763.html
O‘zbekiston xorijdagi deportatsiya markazlarida saqlanayotgan fuqarolarni qaytaradi
O‘zbekiston xorijdagi deportatsiya markazlarida saqlanayotgan fuqarolarni qaytaradi
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi navbatda AQSh, Janubiy Koreya, Rossiya kabi jami 8 ta davlatdagi deportatsiya markazlarida saqlanayotgan o‘zbekistonlik ayollar va bolalar qaytariladi. Murojaat uchun Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari, O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari, @huquqiy_yordam_uzbot gayoki 12-82 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
2025-08-04T11:00+0500
2025-08-04T11:00+0500
2025-08-04T11:00+0500
migratsiya
migrantlar
migratsiya agentligi
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/03/45951604_0:99:3289:1949_1920x0_80_0_0_6eee945f3157161958f3cc97af8b5f38.jpg
TOShKENT, 4 avg – Sputnik. Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan 30-iyuldan 30-avgustgacha "Vatanga qaytarish" nomli xayriya aksiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.Aksiya doirasida xorij davlatlarida og‘ir sharoitda qolgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish va ularni ruhiy, ijtimoiy va iqtisodiy moslashtirish maqsad qilingan.Qayd etilishicha, birinchi navbatda Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Hindiston, AQSh va Janubiy Koreyada deportatsiya markazlarida saqlanayotgan ayollar va bolalar qaytariladi.1 avgust kuni o‘tgan yig‘ilishda aksiyasini samarali tashkil qilish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Xususan, elchixona va konsulliklar 7-avgustga qadar xorijiy davlatlarning Deportatsiya markazlaridagi o‘zbekistonlik fuqarolarni aniqlaydi va ro‘yxatni Migratsiya agentligiga taqdim etadi.15 avgustgacha shaxsiy ma’lumotlari yetarli bo‘lmaganlar uchun zarur hujjatlarni tayyorlab, ikkinchi ro‘yxatni agentlikka yuboradi. Migratsiya agentligi taqdim etilgan ro‘yxat asosida 1−3 ish kuni ichida samolyotga chiptalar xarid qiladi.Fuqaro migratsiya agentligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilsa, agentlik xodimlari 1−2 soat ichida bog‘lanadi va hujjatlarni masofaviy qabul qiladi. Arizani 1 kun ichida ko‘rib chiqib, 2 kunda chipta bilan ta’minlaydi.Murojaat uchun Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari, O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari, @huquqiy_yordam_uzbot gayoki 12-82 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20250429/rossiya-ozbekiston-maqom-rasmiylashtirish-49088383.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/03/45951604_280:0:3011:2048_1920x0_80_0_0_806e6960b6cbe580e530cb27e68bf00f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vatanga qaytarish xayriya aksiyasi o‘zbekiston murojaat ma’lumot
vatanga qaytarish xayriya aksiyasi o‘zbekiston murojaat ma’lumot
O‘zbekiston xorijdagi deportatsiya markazlarida saqlanayotgan fuqarolarni qaytaradi
Birinchi navbatda AQSh, Janubiy Koreya, Rossiya kabi 8 ta mamlakat deportatsiya markazlarida saqlanayotgan o‘zbekistonlik ayollar va bolalar qaytariladi.
TOShKENT, 4 avg – Sputnik. Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan 30-iyuldan 30-avgustgacha "Vatanga qaytarish" nomli xayriya aksiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Aksiya doirasida xorij davlatlarida og‘ir sharoitda qolgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish va ularni ruhiy, ijtimoiy va iqtisodiy moslashtirish maqsad qilingan.
Qayd etilishicha, birinchi navbatda Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Hindiston, AQSh va Janubiy Koreyada deportatsiya markazlarida saqlanayotgan ayollar va bolalar qaytariladi.
1 avgust kuni
o‘tgan yig‘ilishda aksiyasini samarali tashkil qilish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Xususan, elchixona va konsulliklar 7-avgustga qadar xorijiy davlatlarning Deportatsiya markazlaridagi o‘zbekistonlik fuqarolarni aniqlaydi va ro‘yxatni Migratsiya agentligiga taqdim etadi.
15 avgustgacha shaxsiy ma’lumotlari yetarli bo‘lmaganlar uchun zarur hujjatlarni tayyorlab, ikkinchi ro‘yxatni agentlikka yuboradi. Migratsiya agentligi taqdim etilgan ro‘yxat asosida 1−3 ish kuni ichida samolyotga chiptalar xarid qiladi.
Fuqaro migratsiya agentligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilsa, agentlik xodimlari 1−2 soat ichida bog‘lanadi va hujjatlarni masofaviy qabul qiladi. Arizani 1 kun ichida ko‘rib chiqib, 2 kunda chipta bilan ta’minlaydi.
Murojaat uchun Migratsiya agentligining xorijdagi
vakolatxonalari, O‘zbekistonning xorijdagi
vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari, @huquqiy_yordam_uzbot gayoki 12-82 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.