https://oz.sputniknews.uz/20250810/mirziyoev-ozbekiston-quruvchilar-51149224.html
Mirziyoyev O‘zbekiston quruvchilarini bayram bilan tabrikladi
Mirziyoyev O‘zbekiston quruvchilarini bayram bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident keyingi yillarda qurilish industriyasi rivoji yangi bosqichga ko‘tarilib, ushbu soha milliy iqtisodiyotning drayverlaridan biriga aylanganini qayd etdi. So‘nggi sakkiz yil davomida qurilish ishlari hajmi bir necha barobar ortib, 2016-yildagi 30 trillion so‘mdan 2024-yilda qariyb 234 trillion so‘mga yetdi.O‘tgan yili jami 40 million 500 ming kvadrat metr bino va inshoot qurilgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu raqam 45 million kvadrat metrdan oshishi kutilmoqda.56 ta hududdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarida qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. Joriy yilda xalq ixtiyoriga 135 mingta xonadon topshiriladi. 2030-yilgacha “Yangi O‘zbekiston” massivlari sonini 100 taga yetkazish maqsad qilingan, bu esa 250 mingta xonadon degani.
2025-08-10T10:00+0500
2025-08-10T10:00+0500
2025-08-10T10:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
qurilish
tabrik
bayram
yangi o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/1c/47374485_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_323fb2e6c66a402413a0b9a43ff9db23.jpg
TOShKENT, 10 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston quruvchilarini bayram bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Prezident keyingi yillarda qurilish industriyasi rivoji yangi bosqichga ko‘tarilib, ushbu soha milliy iqtisodiyotning drayverlaridan biriga aylanganini qayd etdi. So‘nggi sakkiz yil davomida qurilish ishlari hajmi bir necha barobar ortib, 2016-yildagi 30 trillion so‘mdan 2024-yilda qariyb 234 trillion so‘mga yetdi.O‘tgan yili jami 40 million 500 ming kvadrat metr bino va inshoot qurilgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu raqam 45 million kvadrat metrdan oshishi kutilmoqda.56 ta hududdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarida qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. Joriy yilda xalq ixtiyoriga 135 mingta xonadon topshiriladi. 2030-yilgacha “Yangi O‘zbekiston” massivlari sonini 100 taga yetkazish maqsad qilingan, bu esa 250 mingta xonadon degani.Dunyoning ilg‘or kompaniyalari bilan hamkorlikda “Yangi Toshkent” loyihasi doirasida 20 ming gektar maydonda 2 million aholi uchun qulay infratuzilma yaratilmoqda.Ta’kidlanishicha, 2024-yilda 146 ta shaharsozlik hujjatlari raqamlashtirildi. 2025-yilda ushbu ko‘rsatkich 180 taga yetkaziladi.Avgust oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekistonda Qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250409/shaharsozlik-renovatsiyasi-mirziyoev-48792843.html
o‘zbekiston
yangi o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/1c/47374485_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_5a88b3eb5dd9ceb267032fb093af2939.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev o‘zbekiston quruvchilar
mirziyoyev o‘zbekiston quruvchilar
Mirziyoyev O‘zbekiston quruvchilarini bayram bilan tabrikladi
Prezident keyingi yillarda qurilish industriyasi rivoji yangi bosqichga ko‘tarilib, ushbu soha milliy iqtisodiyotning drayverlaridan biriga aylanganini qayd etdi.
TOShKENT, 10 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston quruvchilarini bayram bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. “Sizlar kabi ming-minglab mohir quruvchi va muhandislar, usta va me’morlar, loyihachi va mutaxassislarning mashaqqatli mehnati bilan Yangi O‘zbekistonning yangi, obod va ko‘rkam qiyofasi shakllanmoqda, xalqimizning hayoti tobora farovon bo‘lib bormoqda. Buning uchun barchangizga chin dildan minnatdorlik bildiraman”, - deyiladi tabrikda.
Prezident keyingi yillarda qurilish industriyasi rivoji yangi bosqichga ko‘tarilib, ushbu soha milliy iqtisodiyotning drayverlaridan biriga aylanganini qayd etdi. So‘nggi sakkiz yil davomida qurilish ishlari hajmi bir necha barobar ortib, 2016-yildagi 30 trillion so‘mdan 2024-yilda qariyb 234 trillion so‘mga yetdi.
O‘tgan yili jami 40 million 500 ming kvadrat metr bino va inshoot qurilgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu raqam 45 million kvadrat metrdan oshishi kutilmoqda.
56 ta hududdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarida qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. Joriy yilda xalq ixtiyoriga 135 mingta xonadon topshiriladi. 2030-yilgacha “Yangi O‘zbekiston” massivlari sonini 100 taga yetkazish maqsad qilingan, bu esa 250 mingta xonadon degani.
Dunyoning ilg‘or kompaniyalari bilan hamkorlikda “Yangi Toshkent” loyihasi doirasida 20 ming gektar maydonda 2 million aholi uchun qulay infratuzilma yaratilmoqda.
“Boshqa sohalar qatori qurilish tarmog‘ida ham davr talabi asosida raqamlashtirish jarayoni jadal rivojlanmoqda. Sohada 30 dan ortiq axborot tizimi joriy qilindi. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida 22 ta davlat xizmati raqamlashtirilgani natijasida ortiqcha qog‘ozbozlik va ovoragarchiliklarga chek qo‘yildi. Tender platformasi joriy etilishi tufayli inson omilining aralashuviga barham berildi, shaffoflik, ochiq raqobat muhiti shakllantirildi”, - dedi prezident.
Ta’kidlanishicha, 2024-yilda 146 ta shaharsozlik hujjatlari raqamlashtirildi. 2025-yilda ushbu ko‘rsatkich 180 taga yetkaziladi.
“Har bir qurilgan bino – bu bizning kelajak avlodlarga qoldiradigan buyuk merosimiz, har bir ko‘cha va shaharchaning ko‘rinishida sizlarning qo‘l izingiz borligini, insonlar baxti va quvonchi aynan sizlarning mehnatingiz bilan bog‘liqligini hech qachon unutmang”, - dedi Mirziyoyev.
Avgust oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekistonda Qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.