Shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslari: Mirziyoyev taqdimot bilan tanishdi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po formirovaniyu pravovix osnov gradostroitelnoy renovatsii.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Renovatsiya tizimining huquqiy, moliyaviy va tashkiliy tomonlari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdimotda renovatsiya tizimining huquqiy, moliyaviy va tashkiliy tomonlari ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po formirovaniyu pravovix osnov gradostroitelnoy renovatsii.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po formirovaniyu pravovix osnov gradostroitelnoy renovatsii.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Bunday dasturlar 3 bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Avval, shahar va tumanlarda renovatsiyaga mos hudud tanlanib, loyiha ishlab chiqiladi. Mulkdorlarga yangi uy yoki kompensatsiyalar taklif qilinadi. Barcha mulkdorlar bilan kelishuvlar yakkama-yakka, notarial tartibda tasdiqlanadi. Loyihalar uchun har bir hududda renovatsiya jamg‘armalari tashkil etiladi.
Ikkinchi bosqichda renovatsiya dasturi hududiy va respublika kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilib, qurilish tashkiloti aniqlanadi.
Uchinchi bosqichda uy-joylar qurilib, foydalanishga topshiriladi.
Renovatsiyaga tushgan hududning iqtisodiy salohiyati ham oshadi. Yangi uylarning 1-2-qavatlarida savdo, xizmat ko‘rsatish va kichik ishlab chiqarishlar bo‘ladi. Shuningdek, bu tizim orqali 20 ming gektar yer tejalishi hisob-kitob qilingan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po formirovaniyu pravovix osnov gradostroitelnoy renovatsii.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po formirovaniyu pravovix osnov gradostroitelnoy renovatsii.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Xususan, birinchi bosqichda renovatsiya asosida 20 mingta xonadon qurilishi mo‘ljallangan.
Davlat rahbari bunday loyihalarni, avvalo, u yerda yashovchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda, tizimli va adolatli amalga oshirish zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda mutasaddilar, tuman hokimlari va ularning tegishli o‘rinbosarlari renovatsiya tartib-qoidalari va ishni to‘g‘ri tashkil qilish choralari bo‘yicha qo‘shimcha o‘qitilishi aytildi.
Renovatsiya hududlarini infratuzilma bilan ta’minlash, developer va quruvchi tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.