https://oz.sputniknews.uz/20250810/migratsiya-turizm-oltoy-olkasi-51156447.html
Migratsiya va turizm: Oltoy o‘lkasi bilan hamkorlik kengaytiriladi
Migratsiya va turizm: Oltoy o‘lkasi bilan hamkorlik kengaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Oltoy o‘lkasi mutasaddilari bilan migratsiya va turizm yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollarini kelishib oldilar
2025-08-10T14:30+0500
2025-08-10T14:30+0500
2025-08-10T14:43+0500
o‘zbekiston - rossiya
migratsiya
hamkorlik
diplomatlar
oltoy o‘lkasi
turizm
novosibirsk
muzokaralar
uchrashuv
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/17/37090272_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_20e9b4e6a723e663def5f4f2812d6b79.jpg
TOShKENT, 10 avg – Sputnik. O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Oltoy o‘lkasi mutasaddilari bilan migratsiya va turizm yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollarini kelishib oldilar. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Barnaul shahrida hudud mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazdi.Uchrashuvlarda migratsiya, madaniyat va turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari xususida fikr almashildi.Rossiya tomoni bilan O‘zbekiston fuqarolarining Oltoy o‘lkasida bo‘lish shartlari va mavjud muammolar batafsil tahlil qilindi.Uchrashuvlarda madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Shu yil sentabr oyida Oltoy o‘lkasida O‘zbekistonning madaniy va sayyohlik salohiyati taqdimotini o‘tkazish, oktabr oyida esa o‘lka turizm sohasi vakillari uchun O‘zbekistonga info-tur tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250309/oltoy-ozbekiston-ishga-soha-48312140.html
oltoy o‘lkasi
novosibirsk
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/17/37090272_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_4818990fd4c50c4c852be722e2cb860d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya turizm oltoy o‘lkasi
migratsiya turizm oltoy o‘lkasi
Migratsiya va turizm: Oltoy o‘lkasi bilan hamkorlik kengaytiriladi
14:30 10.08.2025 (yangilandi: 14:43 10.08.2025) Uchrashuvlarda migratsiya, madaniyat va turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari xususida fikr almashildi.
TOShKENT, 10 avg – Sputnik. O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Oltoy o‘lkasi mutasaddilari bilan migratsiya va turizm yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollarini kelishib oldilar. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Barnaul shahrida hudud mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda migratsiya, madaniyat va turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari xususida fikr almashildi.
Ma’lum qilinishicha, Oltoy o‘lkasida uch mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari vaqtincha istiqomat qilmoqda. Bundan tashqari, Oltoy o‘lkasidagi mehnat migrantlarining 50 foizini O‘zbekiston fuqarolari tashkil qiladi.
Rossiya tomoni bilan O‘zbekiston fuqarolarining Oltoy o‘lkasida bo‘lish shartlari va mavjud muammolar batafsil tahlil qilindi.
Bosh konsul Aslam Akbarov ushbu hudud migratsiya organlari Oltoy o‘lkasi iqtisodiyoti va qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini hurmat qilishi muhimligini ta’kidladi. Shu bilan birga, migratsiya yo‘nalishida samarali muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Uchrashuvlarda madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Shu yil sentabr oyida Oltoy o‘lkasida O‘zbekistonning madaniy va sayyohlik salohiyati taqdimotini o‘tkazish, oktabr oyida esa o‘lka turizm sohasi vakillari uchun O‘zbekistonga info-tur tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.