Oltoy o‘lkasi o‘zbekistonliklarni ishga jalb etmoqchi bo‘lgan sohalarni ma’lum qildi

© Ofitsialniy sayt altayskogo krayaV ramkax I Foruma mejregionalnogo sotrudnichestva Rossii i Uzbekistana proshla selskoxozaystvennaya vistavka
V ramkax I Foruma mejregionalnogo sotrudnichestva Rossii i Uzbekistana proshla selskoxozaystvennaya vistavka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2025
Obuna bo‘lish
Oltoy o‘lkasida o‘tgan yili berilgan mehnat patentlarining uchdan ikki qismi O‘zbekiston fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keladi.
TOShKENT, 9 mart — Sputnik. O‘zbekistonliklarni Rossiyaning Oltoy o‘lkasidagi korxonalarga ishga jalb etishga alohida e’tibor qaratiladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda Rossiyaning Oltoy o‘lkasi hukumati rahbariyati va salohiyatli ish beruvchilar bilan onlayn muzokara o‘tkazildi.
Oltoy o‘lkasi hukumati raisining o‘rinbosari, Rossiyaning ushbu mintaqa bo‘yicha iqtisodiy rivojlanish vaziri Yevgeniy Deshevixning aytishicha, 2024-yil oxirida Oltoy o‘lkasida ishlash uchun taklif qilingan 11 ming xorijiy ishchining olti mingdan ortig‘i O‘zbekiston fuqarolaridir.
O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov o‘z navbatida, vatandoshlarni mazkur hudud korxonalarida, jumladan, qishloq xo‘jaligi tashkilotlarida ish bilan ta’minlash masalasi muhimligini ta’kidladi.
“Oltoy o‘lkasi mehnat va bandlik boshqarmasi vakillari mamlakatimizdan mehnat migrantlarini qurilish, sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, savdo va boshqa sohalarga jalb etishga imkoniyatlar borligini ma’lum qildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 2024-yilda berilgan mehnat patentlarining uchdan ikki qismi O‘zbekiston fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keladi.
2025 yilda Rossiyada migrantlar uchun patent narxi qancha bo‘ladi?
“Tomonlar O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning hozirgi bosqichida mamlakatimiz fuqarolarini Rossiyaning ushbu hududidagi turli korxonalarga ishga jalb etishga alohida e’tibor qaratishga kelishib olishdi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Delovoe rukopojatie. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2025
Oltoy o‘lkasi va Sirdaryo viloyati ishbilarmonlari hamkorlik qiladi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0