https://oz.sputniknews.uz/20250809/energetika-tizimi-toshkent-51139967.html
Energetika tizimi: Toshkentdagi tuman va mahallalarda qanday yangiliklar kutilmoqda?
Energetika tizimi: Toshkentdagi tuman va mahallalarda qanday yangiliklar kutilmoqda?
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent shahrida energetika tizimining barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi
2025-08-09T13:07+0500
2025-08-09T13:07+0500
2025-08-09T13:07+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
shavkat mirziyoyev
energetika
elektr energiyasi
energetika vazirligi
atom energetikasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/09/51137619_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_b6f875838d8298b49d94e268ef0dbada.jpg
TOShKENT, 9 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent shahrida energetika tizimining barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, oxirgi ikki yilda Toshkentda elektr ta’minotini yaxshilash uchun 2 trillion 800 milliard so‘m yo‘naltirilgan. 36 ta podstansiya, 665 ta transformator, 2 ming kilometrdan ziyod tarmoq yangilangan.Taqdimotda energetika vaziri poytaxtdagi har bir tuman va mahallalar kesimida rejalarni bayon qildi.Prezident kuz-qish mavsumiga oz fursat qolganiga e’tibor qaratib, bu yilgi rejani 1-noyabrgacha yakunlash zarurligini ta’kidladi.Prezident rejadagi inshootlarni sifat va muddatga amal qilgan holda ishga tushirib, barqaror energiya quvvatlarini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Vazirlar Mahkamasiga energiya samaradorlikni oshirish masalasini har hafta muhokama qilib borish topshirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250624/ozbekiston-yashil-energetika-rejalar-50130014.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/09/51137619_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_73ef3a4efde64d5a0551bf3786bdc5b4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
energetika tizimi toshkent
energetika tizimi toshkent
Energetika tizimi: Toshkentdagi tuman va mahallalarda qanday yangiliklar kutilmoqda?
Taqdimotda energetika vaziri poytaxtdagi har bir tuman va mahallalar kesimida rejalarni bayon qildi.
TOShKENT, 9 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent shahrida energetika tizimining barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, oxirgi ikki yilda Toshkentda elektr ta’minotini yaxshilash uchun 2 trillion 800 milliard so‘m yo‘naltirilgan. 36 ta podstansiya, 665 ta transformator, 2 ming kilometrdan ziyod tarmoq yangilangan.
Taqdimotda energetika vaziri poytaxtdagi har bir tuman va mahallalar kesimida rejalarni bayon qildi.
Unga ko‘ra, bu yil birinchi bosqichda 374 kilometr tarmoq, 11 ta podstansiya, 62 ta transformatorni yangilash ko‘zda tutilgan. Kelasi yil yana 788 kilometr tarmoq, 35 ta podstansiya va 145 ta transformator modernizatsiya qilinadi. Jumladan, mahallalardagi transformator va tarmoqlar ta’mirlanib, yangilari o‘rnatiladi.
Prezident kuz-qish mavsumiga oz fursat qolganiga e’tibor qaratib, bu yilgi rejani 1-noyabrgacha yakunlash zarurligini ta’kidladi.
Mutasaddilar atom energetikasi yo‘nalishidagi ishlar haqida ham axborot berdi.
Prezident rejadagi inshootlarni sifat va muddatga amal qilgan holda ishga tushirib, barqaror energiya quvvatlarini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Vazirlar Mahkamasiga energiya samaradorlikni oshirish masalasini har hafta muhokama qilib borish topshirildi.