https://oz.sputniknews.uz/20250624/ozbekiston-yashil-energetika-rejalar-50130014.html
O‘zbekiston “yashil” energetika sohasidagi rejalarini ma’lum qildi
O‘zbekiston “yashil” energetika sohasidagi rejalarini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev yirik sanoat korxonalarini “yashil” energiya bilan ta’minlash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.
2025-06-24T12:12+0500
2025-06-24T12:12+0500
2025-06-24T12:12+0500
jamiyat
o‘zbekiston
energetika
shavkat mirziyoyev
elektr energiyasi
shamol elektr stansiyasi
suv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/16/49501238_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_eefda4844e04bcb6be6dc27076c47874.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda bu yil “yashil” energetika sohasida 7 milliard 200 million dollarlik loyiha qurilishi boshlanadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yirik sanoat korxonalarini “yashil” energiya bilan ta’minlash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Qayd etilishicha, qisqa davrda “yashil” energetika sohasiga qariyb 6 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kirib keldi. Yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi avvalgi 59 milliarddan hozirda 82 milliard kilovatt soatga yetdi. Amalga oshirilayotgan loyihalar va yaqin kelajakdagi rejalar: Aytilishicha, respublikada jami elektr iste’molining uchdan bir qismi 18 ta tarmoqqa to‘g‘ri keladi. Masalan, suv xo‘jaligidagi nasoslarga yiliga 6,5 milliard kilovatt soat elektr sarflanyapti. Neft-gaz korxonalarida ham 240 megavattli quyosh stansiyasi va 300 megavattli saqlash qurilmalari o‘rnatib, kamida 600 million kilovatt-soat elektr olish imkoniyati bor. Umuman, yig‘ilishda elektr iste’moli yuqori 18 ta tarmoqni o‘zini o‘zi energiya bilan ta’minlaydigan tizimga o‘tkazish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20250612/qoraqalpogiston-yashil-energetika-ishlab-chiqarish-turizm-49865523.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/16/49501238_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_55789f8721f1d67d58ca5a19a0511beb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident shavkat mirziyoyev yirik sanoat korxonalarini “yashil” energiya bilan ta’minlash taqdimot
prezident shavkat mirziyoyev yirik sanoat korxonalarini “yashil” energiya bilan ta’minlash taqdimot
O‘zbekiston “yashil” energetika sohasidagi rejalarini ma’lum qildi
Qisqa davrda “yashil” energetika sohasiga qariyb 6 milliard dollar xorijiy investitsiya kirib keldi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda bu yil “yashil” energetika sohasida 7 milliard 200 million dollarlik loyiha qurilishi boshlanadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yirik sanoat korxonalarini “yashil” energiya bilan ta’minlash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, qisqa davrda “yashil” energetika sohasiga qariyb 6 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kirib keldi.
Yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi avvalgi 59 milliarddan hozirda 82 milliard kilovatt soatga yetdi.
“2030 yilga borib yurtimiz aholisi 41 milliondan, iqtisodiyot hajmi 200 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Tabiiyki, bu elektr energiyasiga qo‘shimcha talab tug‘diradi. Shuning uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng ishga solish choralari ko‘rilmoqda”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Amalga oshirilayotgan loyihalar va yaqin kelajakdagi rejalar:
yil yakunigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi, 12 ta energiya saqlash tizimi ishga tushiriladi;
ularga investitsiya hajmi jami 5 milliard dollardan ziyod bo‘lib, salkam 9 milliard kilovatt-soat quvvatga ega bo‘ladi;
bu yil umumiy qiymati 7 milliard 200 million dollarlik yana 11 ta loyiha qurilishi boshlanadi.
Aytilishicha, respublikada jami elektr iste’molining uchdan bir qismi 18 ta tarmoqqa to‘g‘ri keladi. Masalan, suv xo‘jaligidagi nasoslarga yiliga 6,5 milliard kilovatt soat elektr sarflanyapti.
“Shu bois 12 ta yirik nasosni modernizatsiya qilib, har biriga 75-100 megavattli quyosh stansiyasi hamda 50 megavattli saqlash qurilmasi o‘rnatish vazifasi belgilandi. Natijada nasoslarning elektr sarfi yiliga 2 milliard kilovatt-soatga kamayib, 4,5 milliard kilovattga tushadi. Bu ishlar, avvalo, suv chiqarish tannarxi baland bo‘lgan Qarshi magistral kanalidan boshlanadi”, — deyiladi xabarda.
Neft-gaz korxonalarida ham 240 megavattli quyosh stansiyasi va 300 megavattli saqlash qurilmalari o‘rnatib, kamida 600 million kilovatt-soat elektr olish imkoniyati bor.
Umuman, yig‘ilishda elektr iste’moli yuqori 18 ta tarmoqni o‘zini o‘zi energiya bilan ta’minlaydigan tizimga o‘tkazish chora-tadbirlari muhokama qilindi.