https://oz.sputniknews.uz/20250531/sariosiyo-aeroporti-30-yil-49639156.html
Sariosiyo aeroporti 30-yildan so‘ng faoliyatini tikladi
Sariosiyo aeroporti 30-yildan so‘ng faoliyatini tikladi
Sputnik O‘zbekiston
Kecha, 30-may kuni Sariosiyo aeroporti “Silk Avia” aviakompaniyasining ilk reysini qabul qildi. Toshkentdan bortida 48 nafar yo‘lovchi bilan uchgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 15:41 da aeroportga kelib qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan, yo‘lovchilar esa karnay va surnay sadolari ostida kutib olindi.
2025-05-31T13:34+0500
2025-05-31T13:34+0500
2025-05-31T13:34+0500
jamiyat
o‘zbekiston
aeroport
samolyot
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1f/49638434_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_127f6b897ee64e7276639aeba03f943a.jpg
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Sariosiyo aeroporti 30-yildan so‘ng faoliyatini tikladi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.Kecha, 30-may kuni Sariosiyo aeroporti “Silk Avia” aviakompaniyasining ilk reysini qabul qildi. Toshkentdan bortida 48 nafar yo‘lovchi bilan uchgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 15:41 da aeroportga kelib qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan, yo‘lovchilar esa karnay va surnay sadolari ostida kutib olindi.Viloyat aeroportida aerodromning sun’iy yuzalarida, ya’ni uchish-qo‘nish yo‘lagi, burilish yo‘lakchasi va samolyotlar uchun turish joylarida kapital ta’mirlash ishlari olib borildi. Ushbu rekonstruksiya ishlaridan so‘ng aeroport 29-aprel kuni birinchi texnik parvozni qabul qildi.Sariosiyo aeroporti 1995-yilda fuqaro aviatsiyasi uchun yopilgan, u oradan 30-yil o‘tib yana yo‘lovchilarni qabul qila boshladi. Havo bandargohi so‘nggi yillarda o‘z faoliyatini tiklagan beshinchi mintaqaviy aeroportga aylandi. Avvalroq Mo‘ynoq, Qo‘qon, Shahrisabz va Zomin aeroportlari rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgandi.
https://oz.sputniknews.uz/20240322/qoqon-aeroporti-rasman-ochildi-43095834.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1f/49638434_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_9f7e1e69b3c2a4082273554ad5450cdb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sariosiyo aeroporti
Sariosiyo aeroporti 30-yildan so‘ng faoliyatini tikladi
Sariosiyo aeroporti 1995-yilda fuqaro aviatsiyasi uchun yopilgandi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Sariosiyo aeroporti 30-yildan so‘ng faoliyatini tikladi. Bu haqda Uzbekistan Airports
xabar berdi. Kecha, 30-may kuni Sariosiyo aeroporti “Silk Avia” aviakompaniyasining ilk reysini qabul qildi. Toshkentdan bortida 48 nafar yo‘lovchi bilan uchgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 15:41 da aeroportga kelib qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan, yo‘lovchilar esa karnay va surnay sadolari ostida kutib olindi.
“Silk Avia” aviakompaniyasi tomonidan “Toshkent – Sariosiyo – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha ATR-72-600 samolyotlarida muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta – chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Viloyat aeroportida aerodromning sun’iy yuzalarida, ya’ni uchish-qo‘nish yo‘lagi, burilish yo‘lakchasi va samolyotlar uchun turish joylarida kapital ta’mirlash ishlari olib borildi. Ushbu rekonstruksiya ishlaridan so‘ng aeroport 29-aprel kuni birinchi texnik parvozni qabul qildi.
“Bir oy ichida 1100 kvadrat metr maydon va soatiga 100 nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yangi terminal qurish bo‘yicha barcha ishlar yakunlandi”, - deyiladi xabarda.
Sariosiyo aeroporti 1995-yilda fuqaro aviatsiyasi uchun yopilgan, u oradan 30-yil o‘tib yana yo‘lovchilarni qabul qila boshladi. Havo bandargohi so‘nggi yillarda o‘z faoliyatini tiklagan beshinchi mintaqaviy aeroportga aylandi. Avvalroq Mo‘ynoq, Qo‘qon, Shahrisabz va Zomin aeroportlari rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgandi.