Qozog‘istonda Rossiya ishtirokida AES qurilishi boshlandi
Qozog‘istonda Rossiya ishtirokida AES qurilishi boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonning janubi-sharqidagi Olmaota viloyatining Ulken posolkasida respublikada birinchi atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi boshlandi. Loyihaning bosh pudratchisi Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi hisoblanadi.
TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Qozog‘istonning janubi-sharqidagi Olmaota viloyatining Ulken posolkasida respublikada birinchi atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi boshlandi. Loyihaning bosh pudratchisi Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi hisoblanadi. Bu haqda Qozog‘iston Atom energiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.Loyiha tinch atom sohasida Rossiya-Qozog‘iston hamkorligi doirasida amalga oshirilmoqda. AES 2035-2036 yillarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.Qurilish boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda "Rosatom" bosh direktori Aleksey Lixachov va Qozog‘iston atom energiyasi agentligi raisi Almasadam Satkaliyev ishtirok etishdi.Qurilishning dastlabki bosqichi qidiruv-muhandislik ishlarini o‘z ichiga oladi. 8-avgust kuni Qozog‘iston tomoni “Rosatom” vakiliga tadqiqotlar o‘tkazish uchun bo‘lajak stansiya hududidan olingan tuproq namunalari solingan kapsulani tantanali ravishda topshirdi.2025 yil iyun oyida eng qulay shartlarni taklif qilgan “Rosatom” loyihani amalga oshirishga boshchilik qilishi ma’lum bo‘ldi.Qozog‘iston hukumati yana ikkita AES qurish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ularning joylashuvi hali aniqlanmagan, biroq potensial pudratchilar orasida Xitoyning "China National Nuclear Corporation" (CNNC) davlat korporatsiyasi tilga olingan.Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi O‘zbekiston bilan ham atom elektr stansiyasi qurilishida hamkorlik qilmoqda va mamlakatda quvvati 330 MVt bo‘lgan kichik modulli reaktorlar qurilishini amalga oshirmoqda.
Qozog‘istonda mamlakat tarixidagi ilk atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi boshlandi. Loyihani Rossiyaning “Rosatom” korporatsiyasi amalga oshiradi, stansiya 2035–2036 yillarda ishga tushiriladi.
TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Qozog‘istonning janubi-sharqidagi Olmaota viloyatining Ulken posolkasida respublikada birinchi atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi boshlandi. Loyihaning bosh pudratchisi Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi hisoblanadi. Bu haqda Qozog‘iston Atom energiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Loyiha tinch atom sohasida Rossiya-Qozog‘iston hamkorligi doirasida amalga oshirilmoqda. AES 2035-2036 yillarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Qurilish boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda "Rosatom" bosh direktori Aleksey Lixachov va Qozog‘iston atom energiyasi agentligi raisi Almasadam Satkaliyev ishtirok etishdi.
"Stansiya atom sanoati, mintaqaviy infratuzilma, sanoat-innovatsion taraqqiyot va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishning asosiy drayveriga aylanadi. U yuqori malakali mutaxassislarning yangi avlodini tayyorlash, ilmiy-tadqiqot bazasini mustahkamlash va ta’lim salohiyatini kengaytirish imkonini beradi", - dedi Satkaliyev.
Qurilishning dastlabki bosqichi qidiruv-muhandislik ishlarini o‘z ichiga oladi. 8-avgust kuni Qozog‘iston tomoni “Rosatom” vakiliga tadqiqotlar o‘tkazish uchun bo‘lajak stansiya hududidan olingan tuproq namunalari solingan kapsulani tantanali ravishda topshirdi.
2025 yil iyun oyida eng qulay shartlarni taklif qilgan “Rosatom” loyihani amalga oshirishga boshchilik qilishi ma’lum bo‘ldi.
Qozog‘iston hukumati yana ikkita AES qurish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ularning joylashuvi hali aniqlanmagan, biroq potensial pudratchilar orasida Xitoyning "China National Nuclear Corporation" (CNNC) davlat korporatsiyasi tilga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi O‘zbekiston bilan ham atom elektr stansiyasi qurilishida hamkorlik qilmoqda va mamlakatda quvvati 330 MVt bo‘lgan kichik modulli reaktorlar qurilishini amalga oshirmoqda.