Rossiya va O‘zbekiston AES qurilishining asosiy shartlari haqida kelishib oldi

© Fotolia / chalabalaAtomnaya elektrostansiya. Arxivnoe foto
Atomnaya elektrostansiya. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha rejalar o‘zgargani ma’lum qilindi.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida mamlakatda yuqori quvvatli atom elektrostansiyasi qurilishi bo‘yicha asosiy shartlar to‘g‘risidagi hujjat imzolandi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, xujjat Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida imzolandi.
Shuningdek, O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha rejalar o‘zgargani ma’lum qilindi.

"Rosatom" rahbari Aleksey Lixachovning Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda ikkita kichik AES va ikkita yirik atom energetika bloki quriladi.

Uning ta’kidlashicha, bu dunyodagi eng noyob loyihalardan biri bo‘lib, turli quvvatdagi atom bloklari bir maydonda joylashadi.
Rosatom nachal izgotovlenie reaktornogo oborudovaniya dlya pervogo bloka atomnoy stansii maloy moshnosti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2025
O‘zbekistondagi kichik quvvatli AES uchun reaktor uskunalari ishlab chiqarish boshlandi — Rosatom
Yangiliklar lentasi
0