Putin va Trampning telefon suhbatlari do‘stona muhitda o‘tgan - WSJ

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinim
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2025
Obuna bo‘lish
Ma’lum qilinishicha, Rossiya va AQSh yetakchilari vositachilar orqali ko‘plab nomalar bilan o‘zaro almashgan.
TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampning telefon suhbatlari do‘stona muhitda o‘tgan. Bu haqda “The Wall Street Journal” gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda yozmoqda.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp bu suhbatlar davomida iqtisodiy hamkorlik hisobiga AQSh va Rossiya munosabatlarini tiklash haqidagi o‘z maqsadlarini tez-tez aytgan. Yetakchilar vositachilar orqali ko‘plab nomalar bilan o‘zaro almashgan.
Putin va Tramp 2025-yil boshidan buyon olti marta telefon orqali suhbatlashdi. Tramp Putin bilan uchrashish niyati borligini 2025-yil yanvarida lavomini bajarishga kirishgandan keyin ertasi kuni ma’lum qilgandi.
7 avgust kuni Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov Moskva va Vashington yaqin kunlarda ikki mamlakat prezidentlarining uchrashuvini o‘tkazishni muvofiqlashtirib olganini ma’lum qildi.
Vstrecha prezidenta Rossii Vladimira Putina i prezidenta SShA Donalda Trampa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina mojarosi, Yaqin Sharqdagi vaziyat: Putin va Tramp telefon muloqoti o‘tkazdi
Yangiliklar lentasi
0