Ukraina mojarosi, Yaqin Sharqdagi vaziyat: Putin va Tramp telefon muloqoti o‘tkazdi
11:53 04.07.2025 (yangilandi: 12:08 04.07.2025)
© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidenta Rossii Vladimira Putina i prezidenta SShA Donalda Trampa

© Sputnik / Sergey Guneyev
/ Obuna bo‘lish
Putin va Tramp Ukraina mojarosini tartibga solish va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
Yetakchilar Ukraina mojarosini hal qilish va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilishdi.
Ukraina mojarosi haqida
Suhbatdoshlar Ukrainadagi vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.
Putin Rossiya tomoni muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.
U amerikalik hamkasbiga Istanbul kelishuvlarining bajarilishi haqida ma’lumot berdi.
Istanbuldagi muzokaralarning ehtimoliy uchinchi raundining tarkibi muhokama qilinmadi, biroq Rossiya bunga tayyor.
Tramp yana harbiy harakatlarni tezroq tugatish masalasini ko‘tardi.
Suhbatdoshlar Ukrainaga Amerika qurollarini yetkazib berishni qisman to‘xtatish mavzusiga to‘xtalishmadi.
Yaqin Sharq haqida
Prezidentlar Eron va umuman Yaqin Sharq atrofidagi vaziyatni muhokama qildilar.
Putin barcha bahsli masalalarni faqat siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal etish muhimligini ta’kidladi.
Tomonlar bu boradagi aloqalarni tashqi siyosat idoralari, mudofaa vazirliklari va prezident yordamchilari orqali davom ettirishga kelishib oldilar.
Ular Suriyadagi voqealar rivojiga ham to‘xtalib, bu yo‘nalishda muloqotni davom ettirish niyatida ekanliklarini bildirdilar.
Hamkorlik istiqbollari haqida
Putin va Tramp qo‘shma iqtisodiy loyihalarga, xususan, energetika va koinot sohasiga qiziqishlarini tasdiqladi.
Putin amerikalik hamkasbiga ASI forumida muhokama qilingan filmlar almashish taklifini yetkazdi.
Putindan tabrik
Tramp Kongressda soliq, migratsiya va energetika sohalarini isloh qilish bo‘yicha qonun loyihasi muvaffaqiyatli qabul qilingani haqida gapirdi.
Putin Amerika yetakchisiga muvaffaqiyatlar tiladi va uni 4-iyulda nishonlanadigan AQSh Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
U Amerika davlatchiligining shakllanishida Rossiya muhim rol o‘ynaganini ta’kidladi.
Suhbat tafsilotlari
Rossiya va AQSh rahbarlari salkam bir soat suhbatlashdi.
Ular ehtimoliy shaxsiy uchrashuvni muhokama qilishmadi, ammo kerak bo‘lganda, bu borada kelishuvga erishiladi.
Prezidentlar muloqotni yaqin kunlarda davom ettiradi.
Go‘shakni oxirgi bo‘lib tarjimonlar qo‘yishdi.
Rossiya va AQSh rahbarlarining avvalgi suhbati 14-iyun kuni bo‘lib o‘tgan. U 50 daqiqa davom etgan, suhbatdoshlar Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va Ukraina mojarosini hal etish masalalarini muhokama qilgan. Bundan tashqari, Putin Trampni tug‘ilgan kuni, AQSh Quruqlik qo‘shinlarining 250-yilligi va Amerika bayrog‘i kuni bilan tabriklagandi.