YeOII va Tunis o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risida bitim imzolanishi mumkin
YeOII va Tunis o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risida bitim imzolanishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Tunis o‘rtasida erkin savdo zonasi to‘g‘risida bitim imzolash maqbulligini o‘rganib chiqmoqda.
TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Tunis o‘rtasida erkin savdo zonasi to‘g‘risida bitim imzolash maqbulligini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.YeIK shtab-kvartirasida YeOII va Tunis o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.YeOII mamlakatlari vakolatli davlat organlari, biznes hamjamiyati va ilmiy doiralari vakillari, xususan, a’zo davlatlardan eksport qiluvchilarning Tunis bozoriga bir qator aniq sektorlar bo‘yicha kirish xususiyatlarini, shuningdek savdo to‘siqlarini bartaraf etish masalalarini ko‘rib chiqishdi.Ta’kidlanishicha, Tunis Afrikaning jadal rivojlanayotgan bozoriga yetkazib berishni rag‘batlantirish uchun muhim o‘yinchilardan biri.Ma’lum qilinishicha, tomonlar o‘zaro savdo-sotiqdagi savdo to‘siqlarini aniqlash va bartaraf etishni rejalashtirishgan va tovar ayirboshlash hajmining sezilarli o‘sish salohiyatini ko‘rishmoqda.
Tunis Afrikaning jadal rivojlanayotgan bozoriga yetkazib berishni rag‘batlantirish uchun muhim o‘yinchilardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Tunis o‘rtasida erkin savdo zonasi to‘g‘risida bitim imzolash maqbulligini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
YeIK shtab-kvartirasida YeOII va Tunis o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
YeOII mamlakatlari vakolatli davlat organlari, biznes hamjamiyati va ilmiy doiralari vakillari, xususan, a’zo davlatlardan eksport qiluvchilarning Tunis bozoriga bir qator aniq sektorlar bo‘yicha kirish xususiyatlarini, shuningdek savdo to‘siqlarini bartaraf etish masalalarini ko‘rib chiqishdi.
Ta’kidlanishicha, Tunis Afrikaning jadal rivojlanayotgan bozoriga yetkazib berishni rag‘batlantirish uchun muhim o‘yinchilardan biri.
“Komissiya hozir YeOII va uning a’zo davlatlarning Tunis Respublikasi bilan erkin savdo to‘g‘risida bitim tuzishi maqsadga muvofiqligini o‘rganmoqda”, - deyilgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, tomonlar o‘zaro savdo-sotiqdagi savdo to‘siqlarini aniqlash va bartaraf etishni rejalashtirishgan va tovar ayirboshlash hajmining sezilarli o‘sish salohiyatini ko‘rishmoqda.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.