Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Indoneziya va YeOII dekabrda savdo kelishuvini imzolaydi

© Sputnik / Vladislav Vodnev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2025
Obuna bo‘lish
Tomonlar dekabr oyida imzolashni rejalashtirayotgan Indoneziya va YeOII o‘rtasidagi erkin savdo to‘g‘risidagi bitim iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.
TOShKENT, 6 avg - Sputnik. Indoneziya hukumati va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) dekabr oyida Rossiyada erkin savdo zonasini yaratish to‘g‘risidagi bitimni imzolaydi, deb xabar berdi "Jakarta Globe" gazetasi Indoneziya tashqi ishlar vaziri Sugionoga tayanib.

"Ushbu kelishuv iqtisodiy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochadi", - dedi Sugiono beloruslik hamkasbi Maksim Rijenkov bilan Jakartadagi uchrashuvidan so‘ng.

Savdo bitimi tariflarni pasaytirishni o‘z ichiga oladi, ammo tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.
Bojlarning pasayishi, YeOII hisob-kitoblariga ko‘ra, 3 milliard dollarlik savdoga ta’sir qiladi. Hujjat kuchga kirgandan so‘ng, tomonlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi yaqin 3-5 yil ichida ikki baravar oshishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov iyun oyida Sugiono bilan muzokaralardan so‘ng Indoneziya va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi bitim tez orada taqdim etilishini aytib, Moskva uni tez orada imzolanishini kutayotganini qo‘shimcha qilgan edi.
YeEK podderjivayet vzaimodeystvie biznes-soobshestv YeAES i Indonezii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2024
O‘zbekiston va YeOII
Indoneziya va YeOII o‘rtasida erkin savdo kelishuvini tuzish istiqbollari ko‘rib chiqildi
Yangiliklar lentasi
0