https://oz.sputniknews.uz/20250807/putin-tramp-uchrashuv-51105357.html
Putin va Tramp uchrashuvi bo‘yicha kelishuvga erishildi
Putin va Tramp uchrashuvi bo‘yicha kelishuvga erishildi
Sputnik O‘zbekiston
Amerika tomonining taklifiga ko‘ra, yaqin kunlarda oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv, ya’ni prezident Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar sammitni muvofiqlashtirishga kirishdilar, keyingi hafta sammit o‘tkazish uchun mo‘ljal sifatida belgilangan, ammo hozircha tayyorgarlik necha kun davom etishini aytish qiyin. Uchrashuv joyi kelishilgan va u joy keyinroq e’lon qilinadi.
2025-08-07T18:38+0500
2025-08-07T18:38+0500
2025-08-07T18:38+0500
rossiya
aqsh
ukraina
donald tramp
vladimir putin
putin bilan muloqot
uchrashuv
sammit
oq uy
moskva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1182/00/11820066_0:129:2185:1358_1920x0_80_0_0_b16a2540478702f5b285825436836637.jpg
TOShKENT, 7 avg – Sputnik. Amerika tomonining taklifiga ko‘ra, yaqin kunlarda oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv, ya’ni prezident Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar sammitni muvofiqlashtirishga kirishdilar, keyingi hafta sammit o‘tkazish uchun mo‘ljal sifatida belgilangan, ammo hozircha tayyorgarlik necha kun davom etishini aytish qiyin. Uchrashuv joyi kelishilgan va u joy keyinroq e’lon qilinadi."Biz birinchi navbatda Tramp bilan ikki tomonlama uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishga e’tibor qaratishni taklif etapmiz va bu uchrashuv muvaffaqiyatli hamda samarali o‘tishini asosiy masala deb hisoblaymiz", - dedi Ushakov.Keyinroq, Vladimir Putin BAAni Oq uy rahbari Donald Tramp bilan uchrashuv uchun qulay joy deb atadi.Uitkoffning Moskvaga tashrifiChorshanba kuni Putin Kremlda Amerika vakilini qabul qildi, suhbat uch soatdan ko‘proq vaqt davom etdi. Bu tashrif diplomatning yil boshidan buyon Rossiyaga beshinchi tashrifidir.Ushakovning aniqlik kiritishicha, Uitkoff orqali ikki davlat rahbarlari bir biriga Ukraina masalasida o‘z pozitsiyalarini yetkazishgan, shuningdek, Moskva va Vashington o‘rtasidagi strategik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.Tramp keiynchalik bayonot berib, uchrashuvda tomonlar katta yutuqlarga erishganini aytib o‘tdi. U muzokaralarni juda sermahsul deb atab, yaqin kunlar va haftalarda jangovar harakatlarni yakunlash ustida ishlash niyatida ekanligini qo‘shimcha qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250806/kreml-putin-uitkoff-51084535.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1182/00/11820066_103:0:2084:1486_1920x0_80_0_0_eef6c91eea803e4effba6941fba07153.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
putin tramp uchrashuv
Putin va Tramp uchrashuvi bo‘yicha kelishuvga erishildi
Rossiya va AQSh yaqin kunlarda Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldi, dedi prezident yordamchisi Yuriy Ushakov. Uchrashuv joyi kelishilgan va keyinroq e’lon qilinadi.
TOShKENT, 7 avg – Sputnik. Amerika tomonining taklifiga ko‘ra, yaqin kunlarda oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv, ya’ni prezident Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi,
dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar sammitni muvofiqlashtirishga kirishdilar, keyingi hafta sammit o‘tkazish uchun mo‘ljal sifatida belgilangan, ammo hozircha tayyorgarlik necha kun davom etishini aytish qiyin. Uchrashuv joyi kelishilgan va u joy keyinroq e’lon qilinadi.
"Oq uy rahbarining maxsus vakili Stiven Uitkoff chorshanba kuni prezidentlar va Vladimir Zelenskiyning uch tomonlama uchrashuvi g‘oyasida ham to‘xtalib o‘tgan edi, biroq Moskva uni munosabatsiz qoldirgan", - deya izohlab o‘tdi prezident yordamchisi.
"Biz birinchi navbatda Tramp bilan ikki tomonlama uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishga e’tibor qaratishni taklif etapmiz va bu uchrashuv muvaffaqiyatli hamda samarali o‘tishini asosiy masala deb hisoblaymiz", - dedi Ushakov.
“Putin va Uitkoff o‘rtasidagi uchrashuv konstruktiv tarzda o‘tdi, Ukraina inqirozini hal qilish bo‘yicha keyingi qo‘shma ishlar muhokama qilindi, Rossiya do‘stlari va hamkorlarini uning natijalari haqida xabardor qilib kelmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Keyinroq, Vladimir Putin BAAni Oq uy rahbari Donald Tramp bilan uchrashuv uchun qulay joy deb atadi.
Uitkoffning Moskvaga tashrifi
Chorshanba kuni Putin Kremlda Amerika vakilini qabul qildi, suhbat uch soatdan ko‘proq vaqt davom etdi. Bu tashrif diplomatning yil boshidan buyon Rossiyaga beshinchi tashrifidir.
Ushakovning aniqlik kiritishicha, Uitkoff orqali ikki davlat rahbarlari bir biriga Ukraina masalasida o‘z pozitsiyalarini yetkazishgan, shuningdek, Moskva va Vashington o‘rtasidagi strategik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
Tramp keiynchalik bayonot berib, uchrashuvda tomonlar katta yutuqlarga erishganini aytib o‘tdi. U muzokaralarni juda sermahsul deb atab, yaqin kunlar va haftalarda jangovar harakatlarni yakunlash ustida ishlash niyatida ekanligini qo‘shimcha qildi.