Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kreml Putin va Uitkoff muzokaralari tafsilotlarini oshkor qildi

© Press-slujba KremlyaVladimir Putin prinyal v Kremle spetsialnogo poslannika Prezidenta SShA Stivena Uitkoffa
Vladimir Putin prinyal v Kremle spetsialnogo poslannika Prezidenta SShA Stivena Uitkoffa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2025
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Putin Ukraina masalasida AQShga ba’zi signallar berdi. Tegishli signallar prezident Trampdan ham olingan.
TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh yetakchisining maxsus vakili Stiven Uitkoff uchrashuvida Ukraina inqirozini muhokama qildi, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.
“Mavzularni nomlaydigan bo‘lsak, u holda, birinchi navbatda, albatta, bu Ukraina inqirozi. Ikkinchi mavzu esa AQSh va Rossiya o‘rtasidagi strategik hamkorlikning ehtimoliy rivojlanishi istiqbollari”, - dedi u.
Ta’kidlanishicha, Putin Ukraina masalasida AQShga ba’zi signallar berdi. Tegishli signallar prezident Trampdan ham olingan. Suhbat foydali va konstruktiv bo‘ldi.
“Hozirgi vaziyat shundayki, prezidentimizda to‘liq ma’lumot, ya’ni bizning signallarimiz, prezident Trampdan signallar bor. Trampga esa bu uchrashuv natijalari haqida hali ma’lumot berilmagan. Shuning uchun men batafsilroq izoh berishdan o‘zimni tiygan bo‘lardim. Ko‘ramiz, Uitkoff bugun bo‘lib o‘tgan suhbat haqida Trampga qachon xabar berishi mumkin. Shundan so‘ng, shubhasiz, sharhlarimni yanada muhimroq narsa bilan to‘ldirishimiz mumkin bo‘ladi”, - deya qo‘shimcha qildi Ushakov.
Bugun Putin Kremlda Uitkoff bilan muzokaralar o‘tkazdi, suhbat uch soatdan ortiq davom etdi.
Muzokaralarda Ushakov va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi rahbari Kirill Dmitriyev ishtirok etdi.
Amerika diplomati bugun ertalab Moskvaga uchib keldi. Bu uning yil boshidan beri Rossiyaga beshinchi tashrifi. Safar boshida Uitkoff Dmitriyev bilan Zaradye bog‘iga tashrif buyurdi.
Davlat departamenti rasmiy vakili Temmi Brus safar tafsilotlariga izoh berishdan bosh tortdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, idora tashrifdan keyin Donald Tramp nima qilishini bilmaydi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Oq uy rahbari Ukrainadagi mojaro diplomatik yo‘l bilan hal etilishiga ishonishda davom etmoqda.

Trampning ultimatumi

14 iyul kuni Amerika prezidenti Kiyev bilan tinchlik kelishuvini talab qilib, Rossiyaga 50 kunlik ultimatum qo‘ydi, keyin esa bu muddatni 10-12 kungacha qisqartirishini ma’lum qildi.
Agar kelishuv bajarilmasa, u Rossiyadan import qilinadigan tovarlarga 100 foizlik bojlar, shuningdek, undan neft, gaz va boshqa energiya tashuvchilarini sotib oluvchi davlatlarga ikkilamchi bojlar joriy etish bilan tahdid qilgan.
Spesposlannik prezidenta SShA Stiv Uitkoff i Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin Kremlda Trampning maxsus vakilini qabul qildi
Yangiliklar lentasi
0